“Go‘rovol” MFYda quyi bo‘g‘in a’zolar soni 15 nafarga yetdi

16.03.2018, 18:17

“Go‘rovol” MFYda quyi bo‘g‘in a’zolar soni 15 nafarga yetdi

O‘tgan yil “Go‘rovol” mahalla fuqarolar yig‘inida O'zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkiloti tashkil etilgan edi. Dastlab 5 nafar a’zo bilan faoliyat boshlagan mazkur quyi bo‘g‘in hozirga kelib 15 nafar maslakdoshimizni o‘z safiga jipslashtirgan.

Yaqinda “Go‘rovol” MFYda faoliyat yuritayotgan BPTning hisobot-saylov yig‘ilishida quyi bo‘g‘in yetakchisi Dilorom Sultonovaning 2017 yildagi faoliyati yuzasidan hisoboti tinglanib, galdagi vazifalar belgilab olindi.

– Partiya nufuzini yanada oshirish, ko‘zlagan maqsadlarimizga erishishda faoliyatimizga yangicha yondashishimiz, ishni bugungi kun talabidan kelib chiqib tashkil etishimiz lozim, – deydi quyi bo‘g‘in yetakchisi D.Sultonova. –Zotan, BPT raisi siyosiy jihatdan yetuk, elektorat manfaatlarini himoya qilishga qodir, katta tajribaga ega bo‘lsagina, partiyaning jamiyatdagi mavqei oshadi.

Yig‘ilishda boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari N.Shermatova va  A.Musayevlar so‘z olib, o‘tgan yilda partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini targ‘ib-tashviq qilish, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish borasida O’zLiDeP tomonidan hayotga tatbiq etilgan ishlar haqida  gapirdi.

Yig‘ilishda quyi bo‘g‘in yetakchisi Dilorom Sultonovaga yana bir karra ishonch bildirilib, quyi bo‘g‘in yetakchiligiga qayta saylandi.

O'zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1359
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Гўровол МФЙ БПТ 2018-04-23 17:50:04

Партия нуфузини янада ошириш, кўзлаган мақсадларимизга эришишда фаолиятимизга янгича ёндашишимиз, ишни бугунги кун талабидан келиб чиқиб ташкил қилишимиз керак


Fikringizni qoldiring

+