Ulug‘norda eng zukko “O‘zLiDeP kitobxoni” aniqlandi
16.03.2018, 18:21

O‘zLiDeP Ulug‘nor tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan tumandagi Mingbuloq agrosanoat kasb-hunar kollejida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “O‘zLiDeP kitobxoni” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ikki qismdan iborat tadbirning 1-qismi intellektual o‘yin tarzida tashkil qilindi. “Zinama zina” yo‘nalishidagi turli savol-javoblar, mutolaa borasidagi qizg‘in bahslar orqali “O‘zLiDePning eng zukko kitobxoni” aniqlandi.
–Bugungi tadbir biz yoshlarning kitobxonlikdagi bilimlarimizni sinovdan o‘tkazish bilan bir qatorda kitobning inson kamolotidagi o‘rni naqadar beqiyos ekanini yana bir karra namoyon etdi, – deydi zukko kitobxon, kollej o‘quvchisi Mashrabjon Mehmonov. – Biz yoshlar ana shunday tadbirlarning yanada ko‘proq o‘tkazilishi tarafdorimiz. Bu borada O’zLiDeP boshqa tashkilotlarga o‘rnak bo‘layotir.
Tadbirda so‘z olgan Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi Gulchehra Bobojonova hamda partiya tuman Kengashi ijrochi kotibi Gavharoy Abduvositovalar partiyaning “Yosh liberallar” klubi, “Kelajak deputatlari” guruhi to‘g‘risida ham atroflicha ma’lumot berishdi. Tadbir ishtirokchilari O’zLiDePning “Yoshlar qanoti” faoli bo‘lishga da’vat etildi.
Tadbirning 2-qismida ishtirokchilar o‘rtasida “Mening sevimli qahramonim”, “Mening sevimli kitobim” mavzularida suhbat o‘tkazilib, o‘quvchilar o‘zlari o‘qigan kitoblari yuzasidan fikr almashdilar.
Tadbirda zukko kitobxonlarga partiya Andijon viloyat Kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Elyorbek AVULOV,
O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi
yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlar huquq va manfaatlari himoyasininig milliy, mintaqaviy va global strategiyasiga bag‘ishlangan yoshlar anjumani o‘tkazildi
16.10.2020, 16:48
-
O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning Respublika konferensiyasiga Toshkent shahridan delegatlar saylandi
13.10.2020, 17:45
-
Samarqandda O`zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning faoliyati sarhisob qilindi
12.10.2020, 16:31
-
O'zLiDeP "Yoshlar qanoti"ning Konferensiyasida munosib delegatlar saylandi
12.10.2020, 15:36
-
Shijoatli O‘zLiDeP faoli konferensiya delegatligidan nega chiqarildi?
08.10.2020, 18:12
Fikringizni qoldiring