“Uychi obod zamini” 12 nafar yoshni ish bilan ta’minladi

16.03.2018, 18:32

“Uychi obod zamini” 12 nafar yoshni ish bilan ta’minladi

O‘zLiDeP Uychi tuman Kengashi tomonidan “Zamonaviy ayol – bunyodkor, yetakchi” loyihasi doirasida “Uychi obod zamini” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

–Bugun tadbirkor ayollarimiz safi yil sayin ko‘payib bormoqda, – deydi O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri Husnida Iminjonova. – Hozirda viloyatimizda besh mingga yaqin xotin-qiz tadbirkorlik va fermerlik bilan shug‘ullanmoqda. Bu kabi tadbirlardan ko‘zlagan maqsad tadbirkorlik va fermerlikka qiziqishi bo‘lgan ayollarni aniqlash, ularni o‘z faoliyatlarini boshlashlariga ko‘maklashishdan iborat.

 – Ayollar bandligini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor bizni yanada shijoat bilan ishlashga undaydi, – deydi “Uychi obod zamini” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari Barno Mirzamova. – Ayni chog‘da fermer xo‘jaligimizda 65 nafar ishchi-xodim mehnat qilayotgan bo‘lib, shundan 27 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Darvoqe, yaqinda faoliyatimizni yanada kengaytirib, 12 nafar yoshni  ish bilan ta’minladik.

Tadbirda xotin-qizlar tomonidan berilgan barcha savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

 Yulduz YuLDASHEVA,

                                             O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1397
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+