O‘zLiDeP sayyor qabulida chortoqlik Gulchehra Xo‘jayeva “Gulruhbegim bilimdon” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga ishga joylashdi

17.03.2018, 18:34

O‘zLiDeP sayyor qabulida chortoqlik Gulchehra Xo‘jayeva “Gulruhbegim bilimdon” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga ishga joylashdi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi tomonidan Chortoq tumanidagi “Bo‘lon” va “Iftixor” mahallacida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda mahalla ahli tomonidan 20ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Ularning aksariyat qismi partiya faollari hamda tuman mutasaddilari tomonidan shu yerning o‘zida hal etildi. 

–Muloqotda o‘z muammoyimga yechim topgani kelgan edim, – deydi chortoqlik Gulchehra Xo‘jayeva. – Ko‘p yillardan beri ishsizman. To‘g‘risi, ish so‘rab qator tashkilotlar oldida sarg‘ayishdan charchadim. Yaxshiyam mahallamizda sayyor qabul tashkil etildi, bo‘lmasa shunaqa sarson-sargardon bo‘lib yuraverardim. O‘zLiDeP faollari va deputatlariga rahmat! O‘zimiz ishonch bildirib saylagan deputat Nigora Ahmadjanova ko‘magi bilan “Gulruhbegim bilimdon” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga ishga joylashadigan bo‘ldim.

Xususiy tadbirkor Azamat Rahmonov ishlab chiqarayotgan trikotaj mahsulotlarini nafaqat ichki bozorda balki xorijga ham eksport qiladi. Lekin tadbirkor sexini yanada kengaytirib, yangi ishchi o‘rinlarini yaratish niyatida. Shu bois u mutasaddilardan imtiyozli kredit olishda amaliy yordam so‘radi. Bu murojaatni ham N.Ahmadjanova o‘z zimmasiga olib, yaqin kunlarda hal etib berishini ma’lum qildi.

Shu mahallada yashovchi Hamidullo Raxmonberdiyevning  chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli kredit so‘rab qilgan murojati ham sayyor qabulning o‘zida hal etildi. Ushbu  muammoni “Mikrokredit bank” tuman filiali ma’sul xodimi Umidjon Muhiddinov zimmasiga oldi.

Umuman, sayyor qabulda aholi tomonidan kelib tushgan murojaatlarning salmoqli qismi joyida hal etildi, vaqt talab qilingan masalalar esa nazoratga olindi.

O‘zLiDeP Namangan  viloyat  

Kengashi  matbuot  xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1265
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+