O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” ko‘magida 100 nafar xotin-qiz “8-mart” MChJga ishga joylashadi

17.03.2018, 18:48

O‘zLiDeP  “Ayollar qanoti” ko‘magida 100 nafar xotin-qiz  “8-mart” MChJga ishga joylashadi

O‘zLiDeP Samarqand shahar Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan  “8-mart” MChJda “Yirik korxonalar asosida kichik bizneslar va ishchi o‘rinlarini yaratish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.  

Tadbirda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ayollar uchun yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish borasida partiya “Aayollar qanoti” tomonidan hayotga tatbiq etilgan amaliy ishlar o‘z samarasini berayotgani ta’kidlandi.

– Korxonamizda 2076 nafar ishchi-xodim mehnat qiladi, – deydi korxona 3-sex bo‘lim boshlig‘i Rizqiya Shohnazarova. – Korxonamizda barcha turdagi tikuv-trikotaj kiyimlari ishlab chiqariladi. Hozirda mahsulotlarimiz, asosan, AQSh, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston hamda Tojikiston davlatlariga eksport qilinmoqda. Ayni chog‘da viloyatning Oqdaryo, Jomboy, Ishtixon tumanlarida ham filiallarimizni ishga tushirish harakatidamiz. Aprel oyining boshida Oqdaryo tumanidagi “Loyish” shaharchasida filialimiz ochiladi va yana 400 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

–Toyloq tumanidagi pedagogika kasb-hunar kollejini tamomlaganman, – deydi O‘zLiDeP a’zosi Kamola Tolibova. – Lekin to‘rt yildan buyon ishsizman. Ish so‘rab bir nechta idoraga murojaat qildim, biroq harakatlarim zoye ketdi. O‘zLiDeP faollariga rahmat! Ularning tashabbusi bilan ushbu korxonaning tikuv sexida ish boshladim. Pedagogika kollejini tugatgan bo‘lsamda, “8-mart” MChJda menga tikuvchilik sir-asrorlarini o‘rgatishdi. Kelgusida tikish-bichish sirlarini o‘rganib, o‘z biznesimni yo‘lga qo‘yish niyatidaman.  

Ta’kidlash kerak, tadbir so‘nggida O‘zLiDeP Samarqand shahar  Kengashi tashabbusi bilan 100 nafar xotin-qiz Oqdaryo tumanidagi yangi tikuv sexiga ishga joylashtirishga kelishib olindi.  

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2948
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Radjabova aziza2022-02-06 11:54:14

Salom men yosh bolali man hamda 2chi guruh nogironiman.sizdan iltimosik wuki menga uyda ish bersangiz mashinkalarim jack averlokham bor töģri chokham bor men master man özim lekin köchaga chiqib ishlashga ilojim yõq .wuning uchun menga ish bersayiz uyga ötirib tikib bersam menga maosh bersangiz iltinos sizdan.telefon raqamim 933402737


Malika2020-05-20 13:11:40

Asalomu alekum Sotib olmoqchi edik qanday boglanish kerak nomer tilifon tashasayiz


Fikringizni qoldiring

+