Sayyor qabul natijasi: Umidjon Zokirjonovga 16 yoshgacha bo‘lgan nogironlik nafaqasi belgilandi

17.03.2018, 18:56

Sayyor qabul natijasi: Umidjon Zokirjonovga 16 yoshgacha bo‘lgan nogironlik nafaqasi belgilandi

2018 yil 10 fevral kuni O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan Oqdaryo tumanidagi “Yangiqo‘rg‘on” va “Gallaravot” MFYda sayyor qabul tashkil etilgan edi.

Sayyor qabulda “Gallaravot” MFYda yashovchi Malika Rustamova 3 yoshli farzandining nogironligi sabab nafaqa puli chiqarish uchun 8 oydan buyon sarson-sargardon ekanini aytdi. O‘sha qabulda M.Rustamova va mutasaddilardan bu masalani hal etishda yordam so‘ragan edi.

Shuningdek, shu mahallada yashovchi Xolida Xudoyberdiyeva ham farzandi betob ekanini aytib, mutasaddilardan ko‘mak so‘radi.

Har ikki masala yuzasidan Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Tadjiyeva tomonidan Samarqand viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A.Jo‘rayevga deputatlik so‘rovi yuborildi. Natijada viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan mazkur muammolar o‘rganilib, ijobiy hal etildi.  

M.Rustamovaning o‘g‘li Umidjon Zokirjonovga esa O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2009 yil 25 sentyabrdagi 291-sonli buyrug‘i asosida 16 yoshgacha bo‘lgan nogironlik nafaqasi belgilandi hamda “O‘tkir promiyelotsetar leykoz” tashxisi bilan dispanser nazoratiga olindi.

Eslatib o‘tamiz, bugun partiya viloyat Kengashi faollari va deputatlik guruhi vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar joylarda davom etmoqda.

 O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1364
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+