O‘zLiDeP faoli Navro‘z bayrami arafasida Beshariqda yangi klinika ochdi

20.03.2018, 14:05

O‘zLiDeP faoli Navro‘z bayrami arafasida Beshariqda yangi klinika ochdi

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimida xususiy sektorning rolini oshirish, xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini rivojlantirish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar bermoqda. Prezidentimizning 2017 yil 1 apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir. 

O‘zLiDePning faol a’zosi, tadbirkor Kattaxo‘jayevlar oilasi Navro‘z bayrami arafasida Beshariq tumani aholisi uchun o‘ziga xos sovg‘a sifatida zamonaviy “Fay Med” klinikasi foydalanishga topshirdilar.

Zamonaviy klinikada 6 yo‘nalishda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. 30 nafar tibbiyot xodimi mehnat qilayotgan muassasa xorijdan keltirilgan zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. 

– 12 dekabr kuni Prezidentimiz raisligida tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda ham sog‘liqni saqlash tizimida sektorning o‘rnini kengaytirish, uni har tomonlama rivojlantirishga yana bir bor e’tibor qaratildi, – deydi klinika rahbari Feruza Kattaxo‘jayeva. - Ayni paytda bu yerda viloyatimizning yosh va tajribali shifokorlari aholiga sifatli xizmat ko‘rsatadi. Toshkent pediatiriya tibbiyot instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasi  shifokorlarini markazimizga taklif etib, aholini malakali ko‘rikdan o‘tkazish, mahalliy mutaxassislar bilan mahorat darslari o‘tkazishni rejalashtirganmiz.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1416
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+