Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik – tinchlik garovi (Video)

06.06.2017, 19:32

Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik – tinchlik garovi (Video)

2017-yil 25-may kuni Toshkent shahrida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini o‘rganish va tushuntirish, farmon ijrosini ta’minlashda O‘zLiDePning o‘rni va rolini muhokama qilishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etdi. Davra suhbatida O‘zLiDeP faollari, turli milliy madaniy markazlar vakillari, tadbirkorlar va OAV xodimlari ishtirok etdi.

- Jamiyatimizda millatlararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan, - deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Dilorom Fayziyeva. - Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. 

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham o‘z saylovoldi dasturida erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish, mamlakatimizda tinchlik va barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni ta’minlash masalalarini jamiyat qurilishining eng muhim maqsadlari sifatida belgilagan. Shu munosabat bilan O‘zLiDeP o‘z faoliyatida mamlakatimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizning barqaror sur’atlar bilan rivojlanishi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalardagi islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, xalqaro hamjamiyatda mamlakatimiz nufuzining oshishi fuqarolarning irqi, millati, tili, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, qonun oldida tengligini ta’minlash hamda turli millat va elatlar vakillarining tili, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish, ularni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bilan chambarchas bog‘liq. 

Davra suhbatida fuqarolar totuvligi barqarorligini, turli millatlar vakillari o‘rtasidagi tinchlik va hamjihatlikni ta’minlash, vatandoshlarimiz ongida ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Prezidentimizning “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bu boradagi ishlarning mantiqiy davomi ekani, mazkur hujjat jamiyatda totuvlikni ta’minlashga, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishga, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Tadbirda yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanganidek, Qo‘mita zimmasiga jamiyatda millatlararo hamjihatlik va bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirish, do‘stlik va ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usi muhitini mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizning tinchliksevar siyosatini, muvaffaqiyatlarini keng targ‘ib qilish vazifasi yuklandi. 

Farmonda xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni, chet eldagi hamyurtlarimiz va turdosh tashkilotlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash vazifalari belgilangan. Qo‘mita mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy tashkilotlar va diplomatik vakolatxonalar, xorijiy davlatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan turdosh tashkilotlar bilan samimiy va o‘zaro hurmatga asoslangan aloqalar o‘rnatish hamda izchil rivojlantirish borasida tizimli ishlarni amalga oshiradi. O‘zbek xalqining boy tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari va an’analari, shu zaminda tug‘ilib o‘sgan buyuk olim va mutafakkirlar merosi, ularning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini keng namoyish etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi.

Farmon qoidalarining hayotga tatbiq etilishi mamlakatda millatlararo va konfessiyalararo totuvlik, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha yaxlit tizimni rivojlantirish, milliy madaniy markazlar uchun yanada qulay va keng imkoniyatlar yaratish, ularning bunyodkorlik tashabbuslari va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. O‘zLiDeP va uning hududiy bo‘linmalari milliy madaniy markazlar faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, O‘zbekistonning xalqaro nufuzini yuksaltirish, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi axborotni keng jamoatchilikka yetkazishga munosib hissa qo‘shadi.

O‘zLiDeP Matbuot xizmati

 

  • Ko'rildi
    13358
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Alisher2020-12-14 12:08:08

Advakat ishimni bajarmayapti kimga murojot qilaman


Alisher2020-12-14 12:06:53

Bir ish yuzasidan Advakat ishimni bitkarmadi pullimni oldi Endi kimga murojot qilsam boladi


Хасан2019-12-02 16:00:05

адвокат ўз профессионал фаолиятини амалга ошириши учун, Ўзбекистон Республикаси Жиноят-процессуал кодексининг 19-моддасига қатъий риоя этган ҳолда, суд биносига компьютер, мобиль ва бошқа алоқа воситаларини монеликсиз олиб кириш ҳуқуқига эга, ёпиқ суд мажлислари бундан мустасно. Бунда қайд этилган қурилмалардан суд биноси ичкарисида фойдаланиш суд жараёнини ўтказиш тартибини бузмаслиги керак деб ОАВда халкка маълум килинган, лекин аслида ундай эмас, фақат суд мажлисида раислик килувчининг розилиги билан бу иш амалга оширилади, адвокатнинг хам, суд иштирокчиларининг хам илтимослари эътиборга олинмайди. Суд жараёнида суд мажлисига раислик қилувчи мазкур кодексда "Суд залида овозларни ёзиб олиш, фотосуратга, видеоёзувга ва кинотасвирга олишга фақат суд мажлисида раислик қилувчининг рухсати билан йўл қўйилади, бу ҳақда тегишли ажрим чиқарилади" деб кўрсатиб утилганини маълум қилади ва суд залида овозларни ёзиб олишга, фотосуратга, видеоёзувга ва кинотасвирга олишга рухсат бермайди. Шу сабабли халқни "алдамаслик" ва халқ олдида адвокатларни обрўйини тўкмаслик учун ЖПКда "суд залида овозларни ёзиб олиш, фотосуратга, видеоёзувга ва кинотасвирга олиш фақат суд мажлиси раисининг рухсати билан амалга оширилади,бу ҳақда тегишли ажрим чиқарилади " деган сўзни қолдириш керак ва бошқа сўзларни олиб ташлаш лозим. Адвокат хоҳлаган вақтда суд биносига компьютер, мобиль ва бошқа алоқа воситаларини монеликсиз олиб кириш ҳуқуқига эга эмас, бунга суд, прокуратура, ички ишлар ва бошқа органлар рухсат бермайди. Буни амалиётда ҳамма кўриб, билиб турибди, лекин оддий халқ(фуқаро), ёки судга "иши" тушмаган оддий фуқаро буни билмайди, оддий халқ(фуқаролар) адвокатларни ўз ҳуқуқ ва ваколатларини билмасликда ҳамда амалга ошира олмасликда айблашади, уларни ноўрин обрўсизлантиришади, адвокатга кенг ваколат берилгани фақат "қоғозда" эканини билишмайди. Ҳаммамиз халқ форовонлиги ва яхши турмуш кечириш учун хизмат қиламиз, келинглар, халқни(ўзимизни) алдамайлик!


Абдуллаев Турсунали2019-05-08 17:45:31

Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни амалга оширилаётган бир вақтда, Хорижий инвесторларни жалп қилиш учун бир қатор ишлар амалга оширилаётган вақтда олдин уларнинг қонун манфаатларини ҳимоя қилиб уларга хар бир инвесторга адвакатларни бириктириш хам мақсадга мувофиқ деб уйлайман. Қолаверса харижий сармоёдорларнинг ишончи янада купроқ буларди.


Гульсара2018-05-18 18:01:21

Хорижий сармоядорлар хукукларини химоя килишга кодир Халкаро бизнес адвокатураларида фаолият юритишга кодир адвокат кадрлар тайерлаш тизимини яратиш ва махсус Марказлар фаолиятини ташкил килиш керак. Узбекистон иктисодиетини ривожлантиришда бу катта ахамият касб этади.


Матназаров Азизбек O`zLiDeP Хоразм вилоят Кенгаши ходими2018-05-18 09:37:29

Мамлакатимиз демократик ислоҳотларни амалга ошириб, инсон манфаатларини ҳимоя қилишнинг пойдевор асосини яратаётган бир пайтда адвокатлар фаолияти, масъуллиги муҳим аҳамиятга эга.


Даврон Темиров Бўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-05-17 11:38:46

Ушбу фармон одил судловни таъминлаш, адвокатлар обрўсини ошириш ва жавобгарлик ҳиссини кучайтириш мақсадида қабул қилинганан. Лекин шунга қарамай адвокатларнинг тергов ва суд жараёнларида фаоллиги кўринмаяпти.Чунки айбсиз бўлган фуқарони тергов ва суд жараёнида унинг айбсизлигини исботлаб берибди деган гапларни эшитмаймиз ёки гувох бўлмаяпмиз.Шунинг учун кўпгина фуқаролар агар зарурат бўлмаса адвокат олишни кераксиз ҳисоблашади.Бу эса уларга берилган баҳодир.Шунинг учун улар ўз ишларини тубдан қайта кўриб чиқиб,олий мақсад инсон мафаати эканлигини доимо ҳис қилиб фаолият юритишса мақсадга мувофиқ бўларди.


Шоира Хасанова Жиззах вилояти Аёллар қаноти2018-05-16 18:04:16

Инсон манфаатларига хизмат қилувчи, адолатлилик, халқпарварлик тамойилларига асосланган ушбу Фармон хақиқатдан хам демократик жамиятимизнинг янада ривожланишига хизмат қилишига ишонамиз.Зеро, Адолат қарор топган жамиятнинг эртаси истиқболлидир.


Fikringizni qoldiring

+