Olti yillik muammo

23.03.2018, 15:42

Olti yillik muammo

Odamning biror muammosi bo‘lsa, qo‘li ishga bormaydi, hatto suv ham tomoqdan botib o‘tadi...

O‘zLiDeP va partiyaning hududiy kengashlari mas’ul xodimlari, faollari va xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi deputatlik guruhi a’zolari tashkil etayotgan sayyor qabullardan asosiy maqsad – el dardini tinglash va imkon qadar muammolarga yechim topish, xalqni rozi qilish! Buning uchun esa, avvalo, odamlarni tinglash kerak!

Jarqo‘rg‘on tumani Boymoqli mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolikka ega bo‘lish masalasiga e’tibor qaratildi.  Marhabo Tojiyeva va Mavluda Xolliyeva O‘zbekiston
Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinish masalasida amaliy yordam so‘ragan. Ushbu masalani tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari o‘rganishmoqda.

Uljamol Usanovaning suyultirilgan gaz balloni olish to‘g‘risidagi murojaati joyida hal qilindi.

 – Men olti yildan buyon ushbu mahallada yashasam-da, Tojikiston fuqarosi ekanligim va pasportimdagi ba’zi kamchiliklar sabab turarjoy to‘g‘risida ma’lumotnoma va tavsifnoma ololmagandim, – deydi Gulbahor Mamatmurodova. – Shu bois kam ta’minlangan oilalarga beriladigan to‘rt sotixlik tomorqa olishga qiynalayotgan edim. Bugun ushbu niyatimga erishganimdan xursandman.

Amaliy muloqot davomida yigirmaga yaqin murojaat ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi. Partiya tuman Kengashi deputatlik guruhi kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab oldi.

Murod EShNAZAROV,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1414
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+