Xo‘jaoboddagi 2 ta YaTT xorijga 107 ming AQSh dollari qiymatdagi meva-sabzavotni eksport qildi

23.03.2018, 18:49

Xo‘jaoboddagi 2 ta YaTT xorijga 107 ming AQSh dollari qiymatdagi meva-sabzavotni eksport qildi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi tashabbusi bilan “Hududlarda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish istiqbollari” masalalari o‘rganilib, barcha tuman (shahar) Kengashlari  deputatlik guruhlari yig‘ilishlari muhokamasiga kiritilmoqda. Bugungacha Andijon viloyatining Buloqboshi, Izboskan, Shahrixon, Xo‘jaobod, Paxtaobod tumanlari hamda Xonobod shahrida yuqoridagi mavzuga bag‘ishlangan deputatlik eshituvlari bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishlarda hokimlik vakillari, Davlat soliq inspeksiyasi, statistika va tijorat banklari filiallari hamda Davlat xizmatlari agentligining mas’ul shaxslari hisoboti tinglandi.

-Tumanimizda 2018 yilning oxirgi ikki oyi davomida 211 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari ro‘yxatdan o‘tkazildi, - deydi Xo‘jaobod tuman Davlat xizmatlari markazi rahbari S.Saidov. - Quvonarlisi, 2 ta YaTT yanvar va fevral oylarida 107 ming AQSh dollari qiymatdagi meva-sabzavotni eksport qildi. Bunday korxonalar safini kengaytirish, YaTTlarga amaliy yordam berish, ularning muammolarini o‘rganish maqsadida har haftaning juma kunlari ochiq eshiklar kuni o‘tkazilmoqda. Uchrashuvlarda ko‘tarilgan muammo va takliflar tegishli tashkilotlar tomonidan joyida bartaraf etilmoqda.

Ta’kidlash joiz, tanqidiy va savol-javoblarga boy ruhda o‘tayotgan bu kabi deputatlik yig‘ilishlarini viloyatning barcha tuman va shaharlarida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Risolatxon NIYaZOVA,

Xalq deputatlari Andijon viloyat

Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining ijrochi kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    774
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+