Tomorqa – oilangizga baraka olib keladi

23.03.2018, 19:07

Tomorqa – oilangizga baraka olib keladi

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi va partiya To‘raqo‘rg‘on tuman Kengashi hamkorligida “Guliston” MFY aholisi bilan o‘tkazilgan uchrashuv ayni shu mavzuga bag‘ishlandi.

- 2017 yilda O‘zLiDeP faollari ko‘magida o‘z xonadonimda 5 sotix maydonda issiqxona tashkil etgan edim, – deydi “Guliston” MFYda yashovchi fuqaro Sobirjon ota Qobulov. – Issiqxonaga limon ko‘chatlari, kartoshka va ko‘katlar ekib, o‘tgan yili 3 mln. so‘m sof daromad olgan edik. Bu yil undan-da ko‘proq daromad olishni rejalashtiryapmiz.

Sobirjon ota uchrashuv ishtirokchilarini o‘z xonadonida tashkil etilgan issiqxona bilan tanishtirib, issiqxona tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berdi.

Ibrohim SATTAROV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi biznes tuzilmalar

va fermerlar bilan ishlash bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1329
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+