O‘zLiDeP: mas’uliyat, tanqidiy-tahlil faoliyatimiz mezoni

28.03.2017, 19:36

O‘zLiDeP: mas’uliyat, tanqidiy-tahlil faoliyatimiz mezoni

2017-yil 16-mart kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining hududiy partiya tashkilotlari, Xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi deputatlik guruhlari, partiya faollari ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan mazkur yig‘ilishda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi  hamda mazkur strategiyani “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi va O‘zLiDePning joriy yilga mo‘ljallangan kompleks harakat dasturida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning joylardagi ijrosi tanqidiy-tahliliy nuqtai nazardan muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Sodiqjon Turdiyev so‘zga chiqib, kun tartibidagi masla yuzasidan fikr bildirdi.

Ta’kidlanganidek, beshta yo‘nalishdan iborat Harakatlar strategiyasida huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgan islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakat taraqqiyotini jadallashtirish va xalq farovonligini yanada oshirish borasida aniq vazifalar belgilangan. Ahamiyatli jihati partiya dasturida ko‘plab masalalar qatorida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish, xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli tashqi siyosat istiqbollari kabi vazifalar muhim o‘rin egallaydi. Bu esa tabiiyki, keyingi besh yilga mo‘ljallangan hujjatda belgilangan vazifalarni amalga oshirish siyosiy partiyalar xususan, O‘zLiDeP barcha bo‘g‘inlaridan yanada faollik, ishga mas’uliyat bilan yondashishni, hamjihatlikni talab qiladi. 

Ayniqsa, strategiyaning Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish yo‘nalishidagi bevosita partiya dasturiy maqsad va vazifalari bilan hamohang chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha aholi tomorqalaridan unumli foydalanishni ta’minlashga qaratilgan amaliy targ‘ibot-tushuntirish ishlari, kichik biznesni jadal rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammolarni aniqlash va ularni hal etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish, turli sabablarga ko‘ra faoliyati tugatilgan va to‘xtatilgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tiklash masalalariga alohida e’tibor qaratish hamda har oyda barcha tuman (shahar) partiya tashkilotlari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari va ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirokida ochiq amaliy muloqotlar tashkil etib borish, aniqlangan muammolarni mutasaddi tashkilot va idoralar ko‘magida hal etish vazifasi belgilab olingan edi.

Shundan kelib chiqib, yanvar-fevral oylarida tashkil etilgan ochiq muloqotlarda ko‘plab tadbirkor va fermerlar tomonidan ko‘tarilgan masalalar joyida hal etilganligi bilan yaxshi samara berdi. Yig‘ilish ishtirokchilari kelgusida ham mazkur amaliy ishlarni yanada jonlantirib, O‘zLiDeP tuzilmalari, shu jumladan, uning parlamentdagi fraksiyasi va mahalliy kengashlardagi deputatlik guruhlari belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan faol jamoatchilik nazoratini olib borishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni aniqlab, joyida va o‘z vaqtida hal etishga, amaliy natijani ta’minlashga qaratilgan faoliyatni kuchaytirish lozimligini ta’kidlashdi.

Tadbirda Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy etish, mansabdor shaxslarning aholi oldida hisobot berishi tizimini amalda tatbiq etish masalasi partiya tashkilotlari faoliyatining ham asosiy yo‘nalishiga aylanishi zarurligi alohida qayd etildi.

Shuningdek, yig‘ilishda partiyaning deputatlik guruhlari tomonidan joylarda olib borilayotgan faoliyati atroflicha tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirildi. Ularni bartaraf etishga qaratilgan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.  

Xususan, deputatlik guruhlarining hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning eng muhim vazifalarning ijrosi yuzasidan  hisobotlarni eshitish ko‘proq umumiy, ya’ni tanishuv holatiga ega bo‘lib, ko‘rilayotgan masala bo‘yicha guruhning pozitsiyasi aniq belgilab olinmagan,  har tomonlama puxta ishlab chiqilib tavsiya etilgan hujjat kamdan-kam qabul qilinayapti. Aytib o‘tish lozimki, berilgan vakolatdan unumli foydalanib,  “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da asosiy e’tiborni aholi bilan muloqotga qaratish, ularni o‘ylantirayotgan masalalarni o‘rganish va hal etish bo‘yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish borasida ham tashabbusni kuchaytirish muhim hisoblanadi.

Yig‘ilishda qayd etilgan bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun partiya deputatlik guruhlari oldiga alohida vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, ayollar va yoshlar masalalari, jumladan, uyushmagan yoshlar qatlami bilan ishlash, ularni foydali mehnatga, xususan, tadbirkorlikka jalb etish, bu borada ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan ishlar bo‘yicha ham partiyaning mas’ul bo‘limlari hisobotlari eshitilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha muhokama etildi.

Videokonferensiya yakunida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

O‘zLiDeP Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1960
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Набижонова Оминахон O‘zLiDeP "Ёшлар иттифоқи"БПТ фаол аъзоси 2018-05-22 14:51:57

Юртбошимизнинг буюк аллома, адиб ва мутафаккирларимиз ижодий меросини кенг ўрганиш ва тарғиб қилиш, ёшларни миллий ва умуминсоний қадриятларга ҳурмат руҳида тарбиялашга ёндашади ва китоб ўсиб келаётган ёш авлодни маънавий қувватини оширувчи буюк кучдир.


O'zLiDeP Сайхунобод туман Кенгаши аппарат рахбари Исматуллаев Мухриддин 2018-05-21 16:15:43

Китоб инсонларни камолотга етакловчи беқиёс кучдир!


Шойимова Зарина Зарафшон шахар булими партия фаоли, ёш ижодкор2018-05-21 08:34:06

Албатта, китоб инсонга маьнавий озука бериш билан бирга, китобхонга яхши дуст ва беминнат маслахатчи хамдир. Ёшлар уртасидаги китобхонлик маданиятини ошириш, келажагимизнинг канчалик ёруг ва истикболли булишидан далолатдир.


Яшнобод туман Кенгаши2018-05-20 18:20:21

Ўзаро ҳамкорлик мамлакатимизда инвестицияларни янада кўпайишига олиб келади деб умид қиламиз


Жиззах вилояти Янгиобод тумани аппарат рахбари С.Бобоев2018-05-19 17:57:56

Ёшлар ўртасида “Ёш китобхон” танловининг ўтказилиш буюк адиб ва мутафаккирларимизнинг нодир мероси, ибратли ҳаёти ва ижтимоий фаолиятини ҳар томонлама чуқур ўрганиш ва тарғиб этишда, ёшларимизни ўзликни англаш, миллий ва умуминсоний қадриятларга ҳурмат руҳида тарбиялашда, китобхонлик маданиятини кенг оммалаштиришда катта ахамиятга эга.


Назаров Голибжон Хайруллаевич2018-05-17 15:28:15

Китоб укигандан емонлик чикмайди дешади Чункий китоб инсониниг маьнавий кувватини оширувчи буюк куч


Шоира Хасанова Жиззах вилояти Аёллар қаноти2018-05-17 13:21:54

Китоб ўқишдан тўхташ-фикрлашдан тўхташ демакдир, деган эди донишмандлардан бири. Маънавий юксалишга хизмат қиладиган, инсоннинг тафаккурини ўстирадиган буюк хазина-бу Китобдир.Президентимизнинг “Буюк алломалар, адиб ва мутафаккирларимиз ижодий меросини кенг ўрганиш ва тарғиб қилиш мақсадида ёшлар ўртасида китобхонлик танловларини ташкил этиш тўғрисида”ги қарори буюк маънавий инқилобдир, десак адашмаймиз


Олим Норжигитов Жиззах вилоят Кенгаши 2018-05-17 13:02:10

Президентимизнинг мазкур қарори китоб, китобхонлик маданиятининг жамият маънавий ҳаётидаги ўрни ва ролини ошириш борасидаги муҳим қарор ҳисобланади. Чунки, китоб бебаҳо бойлик – уни ўқиб ўрганиш эса олий бахтдир. Ёшлар ўртасида китобхонликни, буюк аллома, адиб ва мутафаккирларимиз ижодий меросини кенг ўрганиш ва тарғиб қилишда доимо фидоийлик билан меҳнат қиламиз.


Арслонбек Усманов, Жиззах вилояти 2018-05-17 12:51:58

"Ёш китобхон" танловининг ўтказилиши ёшларимизнинг билимли, маънавиятли, кенг фикрли бўлишида хизмат қилади. Ёшларимиз китоб ўқиса четдан келаётган турли хил маънавий тахдидларга қарши соғлом фикр билан жавоб берадиган, уларга қарши курашадиган бўлади.


Исомов Акрам Жиззах вилоят Кенгаши2018-05-17 11:49:59

Президентимизнинг “Буюк алломалар, адиб ва мутафаккирларимиз ижодий меросини кенг ўрганиш ва тарғиб қилиш мақсадида ёшлар ўртасида китобхонлик танловларини ташкил этиш тўғрисида”ги қарори буюк мутафаккир ва адибларимизнинг ижодларини ўрганишга хизмат қилади.


Fikringizni qoldiring

+