O‘zLiDeP deputati 150 mln. so‘mlik kommunal quvurlarni ta’mirlash masalasini ijobiy hal etdi

23.03.2018, 19:15

O‘zLiDeP deputati 150 mln. so‘mlik kommunal quvurlarni ta’mirlash masalasini ijobiy hal etdi

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi tashabbusi bilan Navoiy shahridagi “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi Jamshid Xodjayevning hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda J.Xodjayev o‘zining joriy yil o‘tgan davri mobaynida deputatlik faoliyati bo‘yicha amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisobot berdi.

Uchrashuv davomida Navoiy shahar “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi D.Fayziyeva ishga joylashtirish va uy-joy bilan ta’minlash masalasida amaliy yordam so‘radi. Ushbu masalada Navoiy shahar hokimligi va Navoiy shahar bandlikka ko‘maklashish markaziga deputatlik so‘rovi chiqarildi.

Navoiy shahar “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini Istiqlol ko‘chasi
1-uyda istiqomat qiluvchi Sh.Jo‘rayev “Bog‘ishamol” va “Mustaqillik” ko‘chalarini tungi yoritish moslamalari bilan ta’minlashda amaliy yordam berishni so‘rab murojaat etdi. Ushbu masala yuzasidan ham tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarildi.

Navoiy shahar “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi R.Po‘latov va bir guruh mahalla faollari deputatdan Mustaqillik ko‘chasidan Guliston-3 massiviga qadar bo‘lgan kommunal quvurlar bir necha yillardan buyon ishlamasligi, ushbu quvurlarni ta’mirlash masalasida amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qildi. J.Xodjayev bu masalani ilgari ham shug‘ullanganini ma’lum qildi. O‘rganish davomida Navoiy shahar “Suvoqova” DUK rahbari tomonidan quvurlarni qayta ishga tushirish uchun 150 mln. so‘m mablag‘ talab etilishi ma’lum qilingan. Uchrashuv davomida J.Xodjayev quvurlarni ta’mirlashda amaliy yordam so‘rab viloyat hokimi qabulida ham bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi. Viloyat hokimi esa mazkur masalani hal etish bo‘yicha Navoiy shahar hokimi va viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘iga topshiriq bergan. Shu tariqa aholini bir necha yillardan buyon qiynab kelayotgan muammo O‘zLiDePdan viloyat Kengashiga saylangan deputat – J.Xodjayev tomonidan bartaraf etildi.

A.XOLIQOV

O‘zLiDeP Navoiy viloyat

Kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1300
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ч.Раджабов O'zLiDeP Навоий вилояти Кенгаши ходими 2018-04-28 19:59:32

Депутатларимизга куч-қувват тилаймиз.


Fikringizni qoldiring

+