Yangilanish, mehr-oqibat va farovonlik bayrami

23.03.2018, 19:23

Yangilanish, mehr-oqibat va farovonlik bayrami

O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi, Olmazor tumani va Yoshlik talabalar shaharchasi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi 2 - sonli tabbiyot akademik litseyi bilan hamkorlikda “Yangilanish, mehr-oqibat, farovonlik bayrami Navro‘zi olam muborak” mavzusida tadbir tashkil etildi.  

Milliy-madaniy merosimiz mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga singdirish, ularni vatanga muhabbat va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan tadbirda partiya faollari, xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari, akademik litsey proffessor-o‘qituvchilar, “Yoshlar qanoti” faollari, mahalla faollari va faxriylar ishtirok etdi.

Tadbirda proffessor-o‘qituvchilar tomonidan milliy qadriyatimizga aylangan Navro‘z bayramining kelib chiqishi va hozirgi kundagi ahamiyati to‘g‘risida gapirib o‘tishdi.

Yurtimizni obodonlashtirishda har birimizning hissamiz bo‘lishi shart, – deydi Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Anvarjon Shermuratov. Navro‘z bayramini tashkil etishda asosiy e’tibor, xalqimizning milliy qadriyatlari va urf-odatlarini qadrlash va aks ettirishga qaratiladi. Xalq sayllari, bayram tomoshalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar “Aziz vatandoshlar, har kuningiz Navro‘z bo‘lsin!” shiori ostida o‘tkazilayotganida ham katta ma’no bor. Ushbu bayramni tabiat qo‘ynida nishonlashimiz, yoshlarni tabiatga yanada yaqinlashtiradi, ularning  vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini oshiradi.  

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga bayram dasturxoni yozildi.

M.O‘RINOV,

Toshkent shahar

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1267
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+