O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” faollari innovatsion rivojlanish tarafdori

23.03.2018, 19:27

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” faollari innovatsion rivojlanish tarafdori

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan Termiz Davlat universitetida “Ayollar – innovatsion rivojlanish tarafdori” loyihasi doirasida anjuman o‘tkazildi.  

 Tadbirda O‘zLiDeP viloyat Kengashi apparat xodimlari, viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi “Ixtirochi ayollar uyushmasi”, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi mas’ul xodimlari, Termiz Davlat universiteti professor o‘qituvchilari va talabalar  ishtirok etdi.

Tadbirda partiya dasturiy maqsad va vazifalarini keng targ‘ib va tashviq etishda faollik ko‘rsatish orqali viloyatimizda tadbirkorlar va ko‘p tarmoqli fermerlar sonining yanada ko‘payishiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan  ayollarimiz va ularni olib borayotgan ishlari yuzasidan hamda   milliy hunarmandchilikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” nomli ko‘rik-tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Rushana Zaripova, Farida Hakimova va Shahlo Umaraliyevalarni  innovatsion loyihalari tinglandi.

Tadbir so‘nggida taqdimotchi sifatida qatnashgan talaba qizlarga partiyaning qimmatbaho sovg‘alari va tashakkurnomalari topshirilib “XXI- asrning eng yaxshi innovatsion g‘oyasi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichini o‘tkazishi kelishib olindi.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1512
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+