O‘zLiDeP deputati ko‘magida mingbuloqlik tadbirkor B.Axmedov faoliyatini kengaytirish uchun yer ajratish masalasida qilgan murojaati hal etiladigan bo‘ldi

24.03.2018, 18:18

O‘zLiDeP deputati ko‘magida mingbuloqlik tadbirkor B.Axmedov faoliyatini kengaytirish uchun yer ajratish masalasida qilgan murojaati hal etiladigan bo‘ldi

Xalq deputatlari Mingbuloq tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman statistika bo‘limi rahbari vazifasini bajaruvchi Qo‘shoqov Umidjoning 2017 yil davomida amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisoboti eshitildi.

Ma’lumki Mingbuloq tumani Namangan viloyatining aholi soni jihatidan eng kam tumanlardan biri bo‘lib, asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan.

- 120 mingga yaqin aholi istiqomat qiluvchi Minbuloq tumanida 782 ta tadbirkorlik sub’ektlari mavjud bo‘lib ayni kunda shulardan 756 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda, - deydi o‘z hisobotida Umidjon Qo‘shoqov. - 2017 yil davomida tuman tashqi savdo aylanmasi 23492,6 ming AQSh dollari tashkil etgan bo‘lsa, ulardan eksportga 21444,2 ming AQSh dollar mablag‘ yo‘naltirgan.

Shuningdek, uchrashuv davomida tumandagi yakka tartibdagi tadbirkor Baxtiyor Axmedovning tuman hokimi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish bo‘yicha yer ajratish yuzasidan qarori chiqqan bo‘lsada, haligacha yer ajratilmaganligi borasida murojaat qildi. Ushbu masalani ijobiy hal etish maqsadida xalq deputatlari Mingbuloq tuman Kengashidagi  O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Solijon Xodjamov o‘z nazoratiga oldi.

         Rustamjon Xakimov

O‘zLiDeP Namangan viloyati

                   Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1427
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+