O‘zbekiston faol tadbirkorlariga murojaati yoshlar muhokamasida

24.03.2018, 18:21

O‘zbekiston faol tadbirkorlariga murojaati yoshlar muhokamasida

O‘zLiDeP Nukus shahar Kengashi tashabbusi bilan “Yosh liberallar” klubining “Kelajak deputatlari” guruhi a’zolari ishtirokida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Tadbirda “Prezident g‘oyalari bilan kelajak sari” shiori ostida O‘zLiDeP tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston faol tadbirkorlari anjumanida qabul qilingan O‘zbekiston tadbirkorlariga murojaatining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

- Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning ham hissasi oshib bormoqda, - deydi O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri S.Ibragimov. – Ayniqsa, zamon talablaridan kelib chiqib, o‘zlarining yangi innovatsion g‘oyalari bilan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorlarning shijoati o‘zgacha. “Yosh liberallar” klubining asosiy maqsadlaridan biri ham yosh tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan keng sharoit va imkoniyatlarni ular orasida targ‘ib qilish, mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoki shug‘ullanayotgan yoshlarda uchrayotgan muammolarini aniqlash, bartaraf qilishdan iborat.

- O‘zbekiston faol tadbirkorlariga murojaatida aynan yoshlar masalasiga to‘xtalib o‘tilganligi bizda katta qiziqish uyg‘otdi, - deydi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Aziza Muratbayeva. – Murojaatda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun va sohada qabul qilinayotgan boshqa qonun hujjatlarining tatbiq etilishi yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashdagi ahamiyati katta ekanligiga alohida urg‘u berilgan. Shuningdek, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratishda faol ishtirok etishga da’vat etilishi barchamizni birdek quvontirdi.

 Tadbir so‘ngida  klub a’zolari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga partiya mas’ullari tomonidan atroflicha javoblar oldi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1431
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+