O‘zLiDeP sayyor qabulida “Bobochek” mahallasiga maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi masalasi hal etildi

24.03.2018, 18:35

O‘zLiDeP sayyor qabulida “Bobochek” mahallasiga maktabgacha ta’lim muassasasi qurilishi masalasi hal etildi

Shahrixon tumanining markazidan anchagina olisda joylashgan “Bobochek” mahallasi ahli farzandlari uchun maktabgacha ta’lim muassasasi kerak edi. Partiyaning Andijon viloyat Kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan sayyor uchrashuvda aholi vakillari tomonidan mazkur masalada qilgan murojaatini ijobiy yechim topish maqsadida xalq deputatlari Shahrixon tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Qahramon Sarimsaqov o‘z zimmasiga oldi.

Karimjon Sodiqov “Qo‘rg‘oncha” mahallasida istiqomat qiluvchi tadbirkorlardan biri. U ayni kunga qadar kichik trikotaj tsehini boshqarib kelayotgandi. Yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanish istagida yer maydoni ajratilishida ko‘mak berilishini so‘rab murojaat qildi. Agar muammosi hal bo‘lsa, faoliyatini kengaytirib, 50 ta yangi ish o‘rni yaratish rejasi borligini aytdi. Tuman hokimi o‘rinbosari mazkur masalada zaruriy yordam berilishiga va’da berdi.

- “Qumtepa” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning elektr simlari anchadan buyon nosoz holatga kelib qolgan, - deydi mahalla ahli vakillari nomidan so‘z olgan Gullola Alimova. – Bir necha bor turli mutasaddilarga murojaat qilishimizga qaramay, muammoimiz yechimi ovoragarchilikdan nariga o‘tmayotgandi. Bugun aynan tuman elektr tarmoqlari korxonasi vakili elektr simlari ta’mirini zimmasiga oldi.

Tadbirkor Muxammadibrohim Aliboyevning “Shaydo” mahallasi hududida maktab qurilishi bo‘yicha loyihasi tayyorligi, faqat yer maydoni ajratilishi yuzasidan to‘siqlarga duch kelayotgani bo‘yicha qilgan murojaati ham ijobiy yechim topiladigan bo‘ldi. Xalq deputatlari Shahrixon tuman Kengashi deputati Qahramon Sarimsaqov tuman hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga deputatlik so‘rovi orqali chiqib, masalaga oydinlik kiritishni ta’kidladi.

Sayyor qabul davomida bir guruh Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning fuqarolik pasportlari olishlari yuzasidan qilgan murojaatlari ham tuman IIB mutasaddilari tomonidan ijro uchun yozib olindi.

Olimjon Talipov,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

 Jismoniy va yuridik shaxslar 

murojaatlari bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1157
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+