Muammolar deputatlik so‘rovi bilan yechiladigan bo‘ldi

24.03.2018, 18:50

Muammolar deputatlik so‘rovi bilan yechiladigan bo‘ldi

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan G‘uzor tumanidagi Xalqobod, Tinchlik, Jarariq MFY aholisi, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, tumandagi idora va tashkilotlar hamda partiya elektorati vakillari ishtirokida sayyor uchrashuv o‘tkzildi.

Uchrashuvda Tinchlik MFY raisi Shavkat Elmurodov hamda Mehnatobod qishlog‘ida yashovchi fuqaro Bobomurod Ashurovlar tomonidan hududdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash va ichimlik suvi muammosi ko‘tarildi.

—Mana bir necha yildan buyon qishlog‘imizda toza ichimlik suvi muammo bo‘lib kelmoqda, - deydi “Xazina chorva” fermer xo‘jaligi rahbari Dildora Qudratova. — Aholi bilan bir necha marotaba tegishli tashkilotlarga murojaat qildik ammo natija bo‘lmadi. Deputatlarga shu muammoni ijobiy hal etishlarini so‘rab murojaat qildik. O‘ylaymanki, murojaatimiz bee’tibor qolmaydi.

—Aholining ko‘targan masalasi haqli ravishda dolzarb, - deydi Xalq deputatlari G‘uzor tuman Kengashidagi  O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi  Bekzod Abdurazzoqov. —Aholining tashkilotlarga qilgan murojaatlari bilan tanishib chiqdik va tuman Suvoqava DUKga deputatlik so‘rovini jo‘natishga kelishib olindi. Nasib bo‘lsa, mazkur muammo albatta ijobiy hal etiladi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Yangiobod, Batosh va Xalqobod qishloqlari aholisi zichligini inobatga olib, tuman markaziga avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish, hududda bolalar bog‘chasi tashkil qilish kabi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan bir qancha masalalar bo‘yicha muammolar va fikr-mulohazalar hamda takliflar bildirildi.

Uchrashuvda hududdagi ichki yo‘llarni tamirlash bo‘yicha ko‘tarilgan muammoni hal etish yuzasidan G‘uzor tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Uchqun To‘xtayev, tuman markaziga avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tuman Kengashi deputati Muharram Tursunova, hududda bolalar bog‘chasini tashkil etish bo‘yicha tuman kengashi deputati Bekzod Xo‘janovlar tomonidan mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlariga deputatlik so‘rovlari yuboriladigan bo‘ldi.

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1996
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+