Deputat ko‘magi bilan Chandirda malakali vrach ish boshladi

24.03.2018, 18:53

Deputat ko‘magi bilan Chandirda malakali vrach ish boshladi

Ma’lumki, har bir murojaat ortida inson, uning taqdiri, dardu tashvishi mujassam. Bugungi kunda aholi tomonidan yo‘llanayotgan har bir murojaat ortida odamlarni o‘ylantirib kelayotgan muammolarni yengillatish va hal etish yotadi. Ularni bee’tibor qoldirmaslik, har biriga o‘z vaqtida asosli javob berish davr talabiga aylandi.

Shu ma’noda, Mirishkor tumanining 14 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladigan Chandir qishlog‘i fuqarolari yig‘inidagi uchastka shifoxonasida oliy ma’lumotli ginekolog va tish shifokori mutaxassislarining yo‘qligi yuzasidan O‘zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilgan sayyor uchrashuvda deputatlarga murojaat qilgan edilar.

Mazkur murojaat yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashidagi  O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Sa’dulla Sharapov Mirishkor tuman tibbiyot birlashmasi bosh vrachi I.T.Sharopovga deputatlik so‘rovini yuborgan edi.  Unga javoban tibbiyot birlashmasi rahbari ushbu masalani ijobiy hal etishga va’da berdi.

Bugungi kunda Chandir qishlog‘idagi qishloq uchastka shifoxonasida oliy ma’lumotli tish shifokori G‘ulomjon Xo‘jamurodov o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lsa, tez orada oliy ma’lumotli akusher-ginekolog bilan ham ta’minlash choralari ko‘rilayotganligi ma’lum qilindi.

Albatta, bugungi davr mahalliy Kengashlardagi partiya deputatlik guruhi a’zolarining ham o‘z faoliyatini zamon bilan hamnafas holda olib borishi va xalqimiz turmushida yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganishda faollik, fidoyilik hamda tashabbuskorlik ko‘rsatilishini talab etmoqda. Zero, bu orqali partiyamizning aholi va keng jamoatchilik orasida mavqeining yanada oshishiga erishamiz.  

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1439
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+