Turizm – yoshlar nigohida

26.03.2018, 17:02

Turizm – yoshlar nigohida

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi  tomonidan Nukus turizm va servis kasb-hunar kollejida “Bizning eng katta tayanchimiz va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz yoshlar!” shiori ostida “Turizm-yoshlar nigohida” mavzuida ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqotda Prezidentimizning 2016 yil 2 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlar xususida so‘z yuritildi.

–Turizm iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri sifatida, aholi daromadlarini ortishi va bandligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega, – deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi xodimi Bekmurat Ismaylov. – Shu bois sohanining huquqiy asosini mustahkamlash maqsadida yangi tahrirdagi “Turizm to‘g‘risida”gi qonun loyihasi va 30ta normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqildi. Birgina fevral oyining o‘zida 4ta muhim hujjatning qabul qilinishi, turizm salohiyatini oshirish, mavjud muammolarni hal etish va sohani yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘layotir.

Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga soha mutaxasislari tomonidan atroflicha javoblar oldilar.

 S.IBRAGIMOV,

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1476
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+