O‘zLiDeP Abdusalom Yusupovga binoni “nol” qiymatda sotib olishda yordam beradi

26.03.2018, 17:14

O‘zLiDeP Abdusalom Yusupovga binoni “nol” qiymatda sotib olishda yordam beradi

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tashabbusi bilan qator tashkilotlar hamkorligida “Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish masalalari: muammo va yechimlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Savdo-sanoat palatasi hududiy bo‘linmasi mutasaddilari hamda viloyatdagi  yosh tadbirkorlar ishtirok etdi.

 Davra suhbatida yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish davlatimizning birlamchi vazifalaridan biri ekani, yosh tadbirkorlar duch kelayotgan muammo va omillarni o‘rganish va kamchiliklarni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

–Uyimda mebel ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganman, – deydi hunarmand Abdusalom Yusupov. – Ayni vaqtda 10 nafarga yaqin shogirdlarim bor. Shu bois faoliyatimni kengaytirmoqchiman. Davra suhbatida mutasaddilardan Andijon shahri hududida foydalanilmay turgan binoni “nol” qiymatda sotib olish hamda 50 million so‘m kredit olishda ko‘mak so‘rab murojaat qildim. O‘zLiDeP tashabbusi bilan muammoyim ijobiy hal etildi.

Tadbirda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Muyassarxon UMURZAQOVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1174
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+