O‘zLiDeP aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqdi

14.06.2016, 19:59

O‘zLiDeP aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqdi

Joriy yilning 13 iyun kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraktsiyasining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qaroridan kelib chiquvchi O‘zLiDePning dolzarb vazifalari muhokama qilindi.

Majlisda alohida ta’kidlanganidek, aynan istiqlol tufayligina O‘zbekiston ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Mamlakatimiz qudrati va iqtisodiy salohiyati kun sayin ortib borayotgani, oxirgi yillarda yalpi ichki mahsulotimizning o‘sish sur’atlari 8 foizdan kam bo‘lmasdan kelayotgani, xalqimiz hayotining darajasi va sifati izchil ortib borayotganiga butun jahon guvoh bo‘lmoqda.

Ushbu taraqqiyot modelining samaradorligi har qanday qaramlikdan xalos bo‘lgan O‘zbekiston o‘tmishda qashshoq, o‘zini ta’minlashga huquqi va imkoni bo‘lmagan mamlakatdan mustaqil va suveren davlat darajasiga ko‘tarilganida o‘z aksini topdi. Majlisda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston jadal va barqaror sur’atlar bilan rivojlanib, to‘liq o‘z kuchi va salohiyatiga tayangan, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini himoya qilishga qodir mamlakat sifatida xalqaro hamjamiyatda munosib o‘rin egallagan davlatga aylandi. Mustaqillik yillarida milliy iqtisoditimiz qariyb 6 barobar, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlar 12 barobardan ziyod oshdi. 1990 yilda aholimizning iste’mol tovarlari, avvalo bug‘doy, kartoshka, go‘sht, sut va qandolat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji asosan import hisobidan ta’minlangan bo‘lsa, bugungi kunda bu mahsulotlarning 96 foizi o‘zimizda ishlab chiqarilmoqda.

Fuqarolik jamiyatini barpo etish, hayotimizning barcha sohalarini yangilash, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarning muvaffaqiyati va samarasini butun jahon e’tirof etmoqda. Har qadamda xalqimizning buyuk yaratuvchanlik salohiyati, mamlakatimizning iqtisodiy va intellektual qudrati, shahar va qishloqlarimizning zamonaviy qiyofasi ko‘zga tashlanadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraktsiyasi a’zosi Ilhom Nosirov ta’kidlaganidek, «Mustaqillikka erishganimizga, milliy davlatchiligimiz tiklanganiga 25 yil to‘ldi. Prezidentimiz Islom Karimovning oqilona rahnamoligida tanlangan taraqqiyot yo‘limiz naqadar to‘g‘ri ekanlgini tarixning o‘zi tasdiqlamoqda. O‘tgan davrda O‘zbekiston jahondagi mustaqil va suveren davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallagadi, o‘zini oqlamagan eski, mustabid tuzumdan butunlay voz kechib, chuqur o‘ylangan, milliy manfaatlarimizga to‘la javob beradigan islohotlarga asoslangan, butun dunyoda “o‘zbek modeli” degan nom bilan tan olingan taraqqiyot strategiyasi amalga oshirildi. Ilgarigi qoloq, iqtisodiyoti biryoqlama rivojlangan, paxta yakkahokimligi halokatli darajada avj olgan agrar o‘lkadan bugungi kunda izchil taraqqiy etib borayotgan zamonaviy industrial mamlakatga aylandi.

O‘zLiDeP a’zolari davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori bilan puxta tanishib chiqdi. Biz uchun dasturiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatni ro‘yobga chiqarishga partiya munosib hissa qo‘shishi lozim. Partiya deputatlik korpusi mamlakatimizning jahon maydonidagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan muhim dastur va chora-tadbirlarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish ishlarida faol ishtirok etadi.

Alohida ta’kidlash joizki, O‘zLiDeP deputatlik korpusi yaqinlashib kelayotgan sanaga bosib o‘tgan yo‘limizga xolisona baho berish, partiya elektorati o‘rtasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarning yorqin natijalarini yoritish, saylovchilar bilan yanada faol ishlash, oldimizga qo‘ygan oliy maqsad – eng taraqqiy topgan davlatlar qatoriga kirish borasida partiyamiz oldida turgan vazifalarni belgilab olish uchun imkoniyat sifatida qaraydi.”

Tadbir ishtirokchilari 25 yil avval mustaqillikka erishganimiz kelajakka puxta zamin yasash, har tomonlama yetuk va barkamol, hech kimdan kam bo‘lmagan, hayotga dadil kirib boradigan, boshlangan ishlarni yakuniga yetkazishga qodir bo‘lgan yangi avlodni shakllantirish imkonini berganini ta’kidladi.

Shu munosabat bilan majlisda partiya elektorati va faollariga davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini bosiqchma-bosqich qisqartirish, Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo‘yilgan xususiy mulk ustuvorligini ta’minlash, kichik biznesa va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi O‘zLiDeP pozitsiyasini tushuntirishga qaratilgan tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi. O‘zLiDePning qishloq xo‘jaligiga tubdan yangi iqtisodiy munosabatlarni joriy etish, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratish, uni qishloq taraqqiyotidagi hal qiluvchi ijtimoiy-siyosiy kuchga aylantirishga doir jarayonlarga nisbatan yondashuvi ham tushuntirish ishlarining markaziy mavzularidan biri bo‘ladi.

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi a’zosi O‘tkir Bo‘taevning aytishicha, «Partiyamiz eng ulug‘, eng aziz bayramni munosib nishonlashda faol ishtirok etishni muhim deb biladi. Bu boradagi ishlarda partiya faollari va elektoratiga mustaqillikka qadar respublikamizda umuman mavjud bo‘lmagan, bugun esa jamiyatimizning qudratli tayanchiga aylanib borayotgan mulkdorlar, ya’ni o‘rta sinfni jadal shakllantirish yo‘lida olib borilayotgan ishlarni tushuntirishga alohida e’tibor qaratiladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 56,5 foizga yetgani, ayni shu tarmoqda ish bilan band aholining 77,9 foizi mehnat qilib, mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Partiyaning Yoshlar va Ayollar qanotinidan ham katta faollik talab etiladi. Mustaqilligimizning ulkan muvaffaqiyatlaridan biri – mustaqil, yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasblarni chuqur o‘zlashtirayotgan, ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi sifatda maydonga chiqayotgan, Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun ma’suliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yosh avlod shakllandi. O‘zLiDeP mamlakatimizning barcha hududlarida yosh avlodni sog‘lom va barkamol shaxslar sifatida tarbiyalashga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan kompleks tadbirlarni tashkil etishni rejalashtirgan.»

Muhokama yakunida partiyaning “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarining chora-tadbirlar rejasi tasdiqlab olindi. O‘zLiDeP hududiy kengashlariga aholining keng qatlamlari va elektorat ishtirokida Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan partiyaviy tadbirlarni o‘tkazish belgilandi. Amalga oshirilayotgan ishlar miqyosini kengaytirish maqsadida partiya faollaridan iborat maxsus guruhlar tuzildi.

Majlisda “Biz - kichik biznes, xususiy tadbirkorlik va fermerlik harakati vakillari – Vatan taraqqiyoti, xalq osoyishtaligi va farovonligi uchun mas’ulmiz” shiori ostidagi tadbirkorlar va fermerlar muloqot forumi kabi partiya loyihalarini amalga oshirish ishlarini yanada faollashtirish masalasi alohida muhokama etildi. O‘zLiDeP Yoshlar va Ayollar qanoti tomonidan “Mustaqillikka mening hissam” shiori ostida yoshlar forumi, “Ishbilarmon talaba” va “Ishbilarmon ayol” kabi partiyaviy loyihalari doirasida seminarlar o‘tkazilishi belgilab olindi.

Muxtasar qilib aytganda, Vatanimiz ko‘p asrlik tarixidagi buyuk sanaga aylangan, yangi demokratik davlat va jamiyat barpo etish davrini boshlab bergan eng ulug‘, eng aziz bayramni munosib kutib olish maqsadida O‘zLiDeP tomonidan hamyurtlarimiz va jahon hamjamiyatiga olib borilayotgan islohotlar mazmuni va mohiyatini yetkazish, jamiyatimizda bunyodkorlik va ertangi kunga ishonch muhitini mustahkamlash, partiyadoshlarimizni yangi, yanada yuksak marralar sari ruhlantirishga qaratilgan keng miqyosli ishlar amalga oshiriladi.

Majlis yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.

O‘zLiDeP Matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    1818
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Оқолтин туман кенгаши Шарофиддинова Мухайё Сардоба текстил БПТ раиси2018-05-22 21:51:57

Ўзбекистон ва АҚШ компаниялари ўртасида тузилган 20 дан ортиқ йирик шартномаларни амалга оширилиши натижасида 5 млрд долларга яқин инвестицияларни мамлакатимиз иқтисодиётига жалб этилиши юртимизда бандликни таъминлаш, халқимиз турмуш даражасини ошириш учун қилинган ишлар натижаси


"Пахтакон" БПТ раиси Темирова Сайёра2018-05-22 16:20:57

Ўзбекистон ва АҚШ давлатлари ўртасида 20 дан зиёд йирик шартномалар имзолангани, хар икки давлат учун хам манфаатлидир.


У.Боймуродов O‘zLiDeP Косон туман Кенгаши раиси ўринбосари2018-05-22 12:30:07

Ўзбекистон – АҚШ ҳамкорлиги сиёсий, савдо-иқтисодий, инвестициявий, маданий-гуманитар соҳалардаги алоқаларни кенгайтиришга, Ўзбекистоннинг халқаро майдонда нуфузли ва ишончли ҳамкор эканлигини яққол ифодасидир.


“Хоразмпахтасаноат” Худудий филиали МЧЖ Урганч шаҳар БПТ2018-05-22 10:08:00

Икки халқ тадбиркорларига иқтисодий қўшма лойиҳаларни ишга тушириш имконияти туғилди.


Марказий банк Хоразм вилоят Бош бошқармаси Ургнач шаҳар БПТ2018-05-22 09:57:41

Ўзбекистон ва АҚШ давлатлари ўртасидаги азалдан ривожланиб келаётган ўзаро мустаҳкам муносабатлар Давлатимиз Президенти АҚШ ташрифи муносабати билан юртимиз янги босқичга кўтарилди. Бу халқларимиз ўртасидаги ўзаро дўстлик ва ҳамжихатликнинг янги кўринишидир


Кушчанова Нигора Урганч шаҳар Кенгаши депутатлик гурухи раҳбари2018-05-22 09:52:50

Ҳар иккала давлатнинг ўртоклик учрашуви натижасида савдо-иқтисодий ва бошқа соҳалардаги алоқаларни янада ривожлантиришга хизмат қилишига аминман.


Xudayberdieva Mohidil Norboevna O‘zLiDeP Zarafshon shahar bo‘limi ijrochi kotibi2018-05-21 23:25:51

Mamlakatimiz va AQSH o‘rtasida ushbu uchrashuvdan so‘ng imzolangan shartnomalarning barchasi muhim ahamiyat kasb etadi.Eng quvonarlisi, AQShdan yangi texnalogiyalarni yurtimizga olib kelinishi bo‘ldi.Bu esa, yurtimiz iqtisodiyotini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonaman.


Тургунова Дилфуза Номоновна Учкуприк туман Кенгаши ижрочи котиби2018-05-21 17:14:13

Узбекистон билан Америка Кушма Штатларини уртасидаги учрашувлар Узбекистонимизнинг халкаро майдонда нуфузли ва ишончли хамкор эканлигидан далолат беради. Президентимизнинг мартабалари бунданда улуғ булсин.


Алиев Алишер Юлдашевич халқ депутатлари Бектемир туман Кенгаши депутати2018-05-21 13:56:04

Икки давлат ўртасидаги стратегик шерикликни мустаҳкамлаши мамлакатларимиз ўртасида иқтисодиёт, энергетика, юқори технологиялар, туризм, қишлоқ хўжалиги ва соғлиқни сақлаш каби соҳаларда ҳамкорликни янада фаоллашишига, ўзаро товар айирбошлаш ҳажмини ошишига ҳамда гуманитар алоқаларнинг кенгайишига олиб келади.


Фурқат Қаландаров Бектемир тумани раиси2018-05-21 13:47:34

Ўзбекистон ва АҚШ компаниялари ўртасида имзоланган шартномалар хар икки томонлама савдо, иқтисодий ва инвестициявий ҳамкорликни кенгайтириш бўйича янги имкониятлар очилишидан далолат.


Fikringizni qoldiring

+