Kollej o‘quvchisi o‘quv-seminar yakunida erkaklar kiyimini ishlab chiqarishga qaror qildi

26.03.2018, 18:13

Kollej o‘quvchisi o‘quv-seminar yakunida erkaklar kiyimini ishlab chiqarishga qaror qildi

O‘zLiDeP Namangan viloyat va Norin tuman Kengashi hamkorligida “Yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi.

Seminarda partiya viloyat Kengashi, tuman Davlat xizmatlari markazi, tuman soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan biznesni yuritish yo‘l-yo‘riqlari, tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, soliq qonunchiligi va imtiyozlari hamda kreditlar va ularning foizlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

– Bugungi o‘quv seminarda o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatiga oid qonun xujjatlari, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish yo‘nalishlari, soliqlardan belgilangan imtiyozlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi, – deydi Norin qishloq xo‘jalik kasb-xunar kolleji o‘quvchisi Yahyobek Rustamjanov. – Endi tadbirda olgan bilim va ko‘nikmalarimga tayanib, erkaklar ustki kiyimlarini ishlab chiqarish yo‘nalishida o‘z tadbirkorlik faoliyatimni boshlab, yurtimiz iqtisodiyotiga munosib hissamni qo‘shaman.

Tadbirda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida yurgan yoshlarga zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Ibrohim SATTAROV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1453
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+