“Farzandimning muammosini faqat men o‘ylashim kerak” mi? (FOTO)

27.03.2018, 14:10

“Farzandimning muammosini faqat men o‘ylashim kerak” mi? (FOTO)

Qarindosh-urug‘, mahalla-ko‘y bir-biridan xabar olib turishi xalqimizning yaxshi odatlaridan. Ayniqsa, Navro‘zda inson yaqinlariga ezgulikni ko‘proq  sog‘inadi. Buning ham zamirida hikmat bor, albatta.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Podshobog‘”  mahallasida ham ana shunday ehson tadbiri tashkil qilindi. Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Shahnoza Alimova kam ta’minlangan oila hamda imkoniyati cheklangan mahalladoshlarining xonadonida bo‘lib, holidan xabar oldi. Deputat bayram munosabati bilan mahalla hududidagi  21 ta ehtiyojmand oilaga  o‘z hisobidan moddiy ko‘mak berdi hamda  1 ta nogironlik aravachasi sovg‘a qildi.

–Ko‘pdan buyon yurolmayotgan qizim Nilufarni deputatimiz kelib ko‘rganida nogironlik aravachasiga muhtojligini va o‘zi yordam berishini aytgandi. Men shu paytgacha hech kimga bu masalada murojaat qilmagandim. Farzandimning sog‘ligi bilan bog‘liq muammosini faqat o‘zim hal qilishim kerak deb o‘ylardim. Bugun deputatimizning bizga ko‘rsatgan e’tibori va mehridan juda hursand bo‘ldim,- deydi “Podshobog‘” mahallasida yashab kelayotgan Nilufar Masharipovaning onasi.

Qolaversa, boshqalar ham deputat nazaridan chetda qolmadi.  Mahallaning Quduqboshi ko‘chasidagi 3 xonali ta’mirtalab hovlida 8 kishi yashaydi. Ulardan ikki nafari nogiron, qariya onaxon esa yordamga muhtoj. Xalq vakili ular bilan suhbatlashib, onaxonga doimiy qarashi uchun hamshira yollashini aytdi.



Kun davomida deputat 13 nafar nogiron, 7 nafar ota-onasidan ayrilib, yaqinlarining qaramog‘ida qolgan bolalar holidan xabar oldi.



                

Durdona G‘AYBULLAYEVA,

                                                                                                          “XXI asr” muxbiri

  • Ko'rildi
    794
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+