O‘zLiDeP tashabbusi bilan “Manas chevarlari” MChJda 100 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlandi

28.03.2018, 18:58

O‘zLiDeP tashabbusi bilan “Manas chevarlari” MChJda 100 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlandi

Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga joriy etilayotgan navbatdagi yangi tashabbus – “Obod qishloq” dasturi, ayniqsa, olis va chekka hududlarda yashayotgan yurtdoshlarimiz hayotida chin ma’noda yangi sahifa ochishga qaratilgan.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan amaliy ishlar barcha manasliklar kayfiyatini ko‘tarib, ularni bunyodkorlikka chorlamoqda. E’tiborlisi, mahalliy hokimliklar, sektor rahbarlari o‘z hududlarida muammolari ko‘p bo‘lgan, sharoiti og‘ir qishloqlarni tanlab, ularni namunali maskanga aylantirishga jiddiy kirishgan.

Bugun O‘zLiDeP Jizzax shahar Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, “Ayollar qanoti” faollari va tadbirkorlar ushbu xayrli ishlarda faol ishtirok etish uchun “Manas” QFYda bo‘ldi.

Dastlab Jizzax shahar Kengashi qoshidagi “Xolmo‘min Zohid” fermer xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan BPT yetakchisi Sh.Noriyeva manasliklarga tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar, tavsiyalar berdi. Xususan, Mingtol ko‘chasidagi 50 dan ortiq xonadonda issiqxona tashkil etishda bevosita ko‘maklashdi.

Ta’kidlash kerak, uchrashuvlar davomida ishchi guruh a’zolari tashabbusi bilan kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj 100 nafar xotin-qizni “Manas chevarlari” MChJda ishga joylashtirildi.

                  Sh.XASANOVA,

 O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

ayollar bilan ishlash

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1618
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+