O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” forumida namanganlik 102 nafar uyushmagan yoshlar 40 ta korxonaga ishga joylashtirildi

28.03.2018, 19:54

O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” forumida namanganlik 102 nafar uyushmagan yoshlar 40 ta korxonaga ishga joylashtirildi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar Harakati – O‘zbekiston-liberal demokratik partiyasining muhim ustuvor vazifalari sifatida uyushmagan  yoshlar bilan ishlash masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Shu maqsadda qator tadbirlar, loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2017 yilda Namangan shahrida “Buyuk kelajak sari Prezident g‘oyalari bilan” nomli yoshlar festivali doirasida ham 500 nafarga yaqin uyushmagan yoshlar ishga joylashtirilib, hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashilgan edi.

2018 yilda esa “Sen ham faol yoshlar safidasan!” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan turli tadbirlar ham ana shu sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘lmoqda.

Namangan tumanida ham ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan yoshlar forumida Katta Toshbuloq, Kichik Toshbuloq, Do‘stlik, Mullakuding, Ravnaq, Eshobod, Sherbuloq, Dexqonobod kabi mahallalarda yashovchi  yoshlarning turmush sharoitlari, orzu intilishlari va muammolari o‘rganildi.

Uyushmagan yoshlar ishtirokidagi forumda mazkur tumandagi 40ga yaqin tadbirkorlik sub’ektlari bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar. Ular yoshlarga o‘z korxonalari faoliyati, ishchi-xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar haqida so‘zlab berishdi.

- Muhtaram Prezidetimizning insonparvarlik siyosatlari tufayli xorijda tirikchilik maqsadida pul topaman deb qiynalib yurgan men kabi yoshlarga ham e’tibor kuchaydi, - deydi tadbir ishtirokchisi Sardorbek Nuritdinov. - Tumanimizda ham tadbirkorlarning tashabbuslari bilan ko‘plab yangi korxonalar, savdo va maishiy xizmat ko‘rastish shoxobchalari ochilayotganligi quvonarlidir. Men ham yaqinda o‘zim tug‘ilib o‘sgan jonajon Vatanimga, qishlog‘imga qaytdim. Partiya tashkil qilgan ushbu tadbir davomida ko‘plar qatori “Toshbuloq Teks” korxonasiga ishga joylashdim. Buning uchun barcha tashkilotchilarga rahmat aytaman va albatta o‘zimning halol mehnatim bilan bildirilgan ishonchni oqlashga astoydil harakat qilaman.

Forum yakunida 102 nafar yoshlar “Toshbuloq Teks”, “Golden silk” “Asadbek g‘isht sanoati” “Miray socks”, “Muxammadsaid tikuv”, “Nosatandart” IChK, “Merriy medfarm” “Golden egg” kabi korxonalarga ishga joylashtirildi.

Yulduz YULDASHEVVA,

                                             O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1410
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+