O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi mutasaddilar ko‘magida 100 ga yaqin muammoni hal etdi

29.03.2018, 11:15

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi mutasaddilar ko‘magida  100 ga yaqin muammoni hal etdi

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputatlari, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari Bo‘z tumani aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.

–Shu kunga qadar 25 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi 146 ta xonadonlar a’zolarining muammolariga yelka tutishga harakat qildik, – deydi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi To‘lqinjon Karimov. – Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarning aksariyati ijtimoiy himoya, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, kommunal xizmatlar, tibbiy sohaga oid bo‘lib, bugungacha 107 ta turli yo‘nalishdagi masalalarni mutasaddilar ko‘magida joyida hal qilishga erishdik.

Yangi qishloq mahallasida istiqomat qilayotgan Mahbubaxon Mirzarahimova fraksiyamiz a’zosining aralashuvidan keyin o‘z muammosiga yechim topganlardan biri. U shu kungacha bir necha bor mahalla fuqarolar yig‘iniga gaz ballonlari yetishmasligi bo‘yicha murojaat qilgan edi. Ammo uning murojaati “ana bo‘ladi”, “mana bo‘ladi” degan va’dalarga o‘ralashib qoldi. Fuqaroning deputatlar tashrifidan quvongani bejiz emas. Zotan, deputat aralashuvi bilan M.Mirzarahimova gaz ballon bilan ta’minlandi. Bir necha yildan buyon qandli diabet kasalligidan aziyat chekayotgan Akmal Tursunov ham deputatimiz ko‘magida nogironlik nafaqasini oladigan bo‘ldi. 29 yoshli yigitning bu boradagi murojaati tibbiyot mutasaddilari tomonidan joyida o‘rganildi va murojaat qanoatlantirildi.

Zilola Rahmonova,

O‘zLiDeP Andijon viloyat

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1352
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+