Vazifalar belgilib olindi

07.11.2017, 18:30

Vazifalar belgilib olindi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan Toshkent shahar Xalq deputatlari tuman Kengashi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan o‘quv-seminar tashkil etdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashidagi partiya guruhi vakillari, poytaxtimizning har bir tumanida tashkil etilgan saylovoldi shtabi a’zolari hamda mahalla fuqarolari yig‘inlarining faollari ishtirok etdi.

Seminarda asosiy e’tibor “Toshkent shahar xalq deputatlari tuman kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan targ‘ibot guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda saylovoldi tashviqot guruhlarining vazifalari va saylovga oid tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish masalalariga qaratildi.

Shuningdek, seminarda saylovoldi shtabi a’zolarining vazifalari taqsimoti to‘g‘risida so‘z yuritildi. Ta’kidlandiki, partiya Toshkent shahar va tuman tashkilotlarining saylov kampaniyasidagi faol ishtiroki bo‘yicha majlislar o‘tkazilib, bajarilishi lozim ishlar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Saylovoldi tadbirlarning kalendar rejasi ishlab chiqildi. Ma’ruzachilar seminar ishtirokchilari diqqatini partiya tuman Kengashlari qoshida saylovoldi shtablari tuzish, nomzodlar bilan ishlash, saylov uchastkalari ishini tashkil qilish, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, moddiy-texnik vositalardan unumli foydalanish kabi masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1653
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+