Namanganda O‘zLiDeP faoli tashabbusi bilan yangi qo‘shma korxona tashkil etiladi

29.03.2018, 11:46

Namanganda O‘zLiDeP faoli tashabbusi bilan yangi qo‘shma korxona tashkil etiladi

O‘zLiDeP dasturida xorijiy investitsiya va ilg‘or texnologiyalar jalb qilinishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash eng muhim vazifalardan biri etib belgilangan.

Partiya Namangan viloyat Kengashi va “SPRING TEA EXPORT-IMPORT SERVISE” MChJda faoliyat yuritayotgan BPT hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ayni shu vazifalar muhokama etildi.

–Mamlakatimizda mahalliy mahsulotlar eksport hajmini oshirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, mamlakatimizning investitsion va turistik jozibadorligini oshirish borasida yaratib berilayotgan qulay biznes muhitdan foydalanib, joriy yilda Xitoyning “Henan Chenlong Tea Company LTD” kompaniyasi bilan qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvga erishdik, – deydi O‘zLiDePning “SPRING TEA EXPORT-IMPORT SERVISE” MChJdagi quyi bo‘g‘in yetakchisi Yosinxon Abdullayev. – Korxonamizning faoliyat boshlashiga O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi a’zosi Sobitxon Nugmanovning xizmati katta bo‘ldi desak, yanglishmaymiz. Partiya faoli sa’y-harakati bilan “Golden Tea” brendi ostida choy qadoqlash sexini qurish uchun To‘raqo‘rg‘on tumanidan 1, ga yer maydoni ajratib berilgan edi. Joriy yil oxirigacha xitoylik investorlar tomonidan 50 foizgacha miqdorda investitsiya kiritish hamda korxonani  ishga tushirish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Tadbir so‘nggida O‘zLiDeP a’zoligiga qabul qilingan 5 nafar korxona hodimlariga a’zolik guvoxnomalari topshirildi.

IBROHIM SATTAROV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1409
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+