O‘zLiDeP tashabbusi bilan Gulzoda Avazovaga “Ipoteka bank” ATB Yakkasaroy tuman filiali tomonidan 400 mln. so‘mlik kredit ajratildi

29.03.2018, 20:08

O‘zLiDeP tashabbusi bilan Gulzoda Avazovaga “Ipoteka bank” ATB Yakkasaroy tuman filiali tomonidan 400 mln. so‘mlik kredit ajratildi

O‘zLiDeP Saylovoldi dasturida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ayollarni tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda kasanachilik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida mehnat qilayotgan opa-singillarimiz mehnat sharoitini yaxshilashga qaratilgan qator vazifalar belgilangan.

Shu sababli bugun partiya bu masalaga alohida e’tibor qaratgan holda o‘z biznesini boshlash istagida yurgan ayolarga yaqindan ko‘mak berishga jiddiy kirishgan. Masalan, yaqinda partiya Toshkent shahar Kengashi Ayollar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan “ANIDAM SERVIS” oilaviy korxonasi rahbari Gulzoda Avazovaga faoliyatini kengaytirish uchun “Ipoteka bank” ATB Yakkasaroy tuman filiali tomonidan 400 mln. so‘m miqdorida 20 foizli kredit ajratildi.

– 2015 yilda O‘zLiDeP ko‘magida hunarmandchilik yo‘nalishida yakka tartibdagi tadbirkorlikni boshlagan edim, – deydi G.Avazova. – Hozirga qadar tadbirkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarimni boyitib katta tajriba orttirdim. Endi olingan kredit hisobiga korxonada umumiy ovqatlanish va “Gulzodash” o‘zbek brendi ostida milliy uslubdagi sport kiyimlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va xizmat ko‘rsatishni zamonaviy uslubda tashkil etishni rejalashtiryapmiz.

Ta’kidlash kerak, bugun Gulzoda Avazova aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda 20 nafar yoshlarni ish bilan ta’minlagan.

Murod O‘RINOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1510
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+