2018 yilda Surxondaryoda umumiy qiymati 2061 ta loyiha doirasida 22 mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi

30.03.2018, 10:29

2018 yilda Surxondaryoda umumiy qiymati 2061 ta loyiha doirasida 22 mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi

Bu haqda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda deputatlar viloyat Bandlikka ko‘maklashish bosh boshqarmasi, viloyat Moliya bosh boshqarmasi hamda viloyat Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari mutasaddilarining xisobotini eshitdi.

Hisobotda ta’kidlanganidek, 2017 yilda viloyatni kompleks rivojlantirish dasturiga asosan umumiy qiymati 1 trln. 307 mlrd.so‘mlik 1910 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 17 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi. 2018 yilda esa umumiy qiymati 6 trln. 553 mlrd.so‘mga teng bo‘lgan 2061ta loyihalar doirasida 22 mingdan ortiq ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. 

Shuningdek, yig‘ilishda iqtisodiyot tarmoqlarida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va faoliyatini kengaytirish orqali 9 ming 581 ta ish o‘rni tashkil etish, shundan sanoatda 5917, xizmat ko‘rsatish va servisda 2512, intensiv bog‘ va issiqxonalarda 1152 hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 6181 ta yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilayotgani ta’kidlandi. Bundan tashqari, 2018 yil 1 chorak yakuni bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalarni tashkil qilish hisobiga 52, yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 809 hamda milliy hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga 402 ta loyihalar asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Yig‘ilishda viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va ularning qonuniy manfatlarini himoya qilish bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olinib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan partiya deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

      O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    857
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Саъдулло 2018-05-16 05:04:30

Карупсиячи лар борми таркибда мен Олий маълумотли буб туриб узимизда иш билан таъминлашмагар.


Fikringizni qoldiring

+