“Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish” guruhi Bahor Suyunovaga 7 million so‘m miqdorida kredit ajratilishida ko‘maklashdi

30.03.2018, 10:40

“Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish” guruhi Bahor Suyunovaga 7 million  so‘m miqdorida kredit ajratilishida ko‘maklashdi

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat, tuman va shahar Kengashlari qoshida tashkil etilgan “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish” guruhida 200 nafardan ortiq xotin-qizlar qamrab olingan. Ayni chog‘da guruh a’zolari aholi, ayniqsa, tadbirkor xotin-qizlarni o‘ylantirib kelayotgan muammolarni joyida bartaraf  etishga qattiq bel bog‘lagan.

Masalan, yaqinda ushbu guruhga Muzrabot tumani “Shaffof” mahallasida yashovchi yakka tartibdagi tadbirkor Bahor Suyunova Mikrokredit bankidan kredit olishda yordam so‘rab murojaat qilgan edi. Guruh a’zolari tomonidan uning murojaati atroflicha o‘rganilib, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi  O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi I.Pirnazarov tomonidan viloyat Mikrokredit banki rahbariga deputatlik so‘rovi yuborildi va tadbirkorga 7 mln. so‘m miqdorida kredit ajratildi.

Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi Mehriniso Normatova “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish” guruhiga ish so‘rab qilgan murojaati guruh a’zolari tomonidan o‘rganib chiqilib, u tuman Yoshlar markazidagi pazandachilik tugaragi rahbarligiga ishga joylashtirildi.

Ta’kidlash kerak, bugun  partiyaning bu tashabbusidan ko‘pchilik hursand. Chunki ayni chog‘da guruhga kelib tushayotgan murojaatlarning hech biri  e’tibordan chetda qolayotgani yo‘q. Biz sizga faqat ayrimlarini sanab o‘tdik, xolos.

M.Jo‘rayeva,

Surxondaryo viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2052
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+