O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan Shahrixonda 222 nafar xotin-qiz tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

30.03.2018, 15:06

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan Shahrixonda 222 nafar xotin-qiz tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

2017 yilda Shahrixon tumanidagi Qoziqo‘rg‘on hamda Otaxonov qishloq vrachlik punktlari muqobillashtirilib, “Andijonlik” mahallasida “67-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi” barpo etildi. Hozirda mazkur QOPning 8 umumiy amaliyot shifokori, 21 patronaji hamda 10 nafardan ziyod tor mutaxassislari hududdagi 21 ming nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

–Aholiga bepul tibbiy ko‘rik juda zarur edi, – deydi QOP mudirasi Mo‘minaxon Sodiqova. – Sababi, tuman markaziy shifoxonasi bilan qishloq oilaviy poliklinika oralig‘i olis, 2 ta yo‘lovchi mashinaga chiqib borilishi kerak. UZI, EKG tekshiruvlari bizda mavjud emas. Bugun O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan tashkil etilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tgan hudud aholining 222 nafar vakillari salomatliklarini yana bir bor tekshiruvdan o‘tkazildi.

–Bugun o‘zim ham, ikki yoshli farzandimni ham bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdim, – deydi 22 yoshli Dildora Nabijonova. – O‘g‘limning nafas yo‘llaridagi shamollashni shunchaki og‘riq deb o‘ylagandim. Biroq jiddiy ko‘rikdan so‘ng nazorat zarurligini tushundim. Statsionar davolanish uchun yo‘llanma berildi.

“Obod qishloq” loyihasi, shuningdek, “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida tashkil etilgan mazkur chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikda hududdagi “Andijonlik”, “Yangi turmush”, “Shokirvoy”, “Qoziqo‘rg‘on”, “Tegirmonboshi” mahallalari ahlining tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan 222 nafar vakillarining 32 nafari aniqlangan kasalliklar bo‘yicha ambulator davolanish uchun tuman shifoxonasiga yo‘naltirildi.

Umidaxon ISAYEVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

 Ayollar bilan ishlash bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    816
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+