O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” tomonidan shahrixonlik vaqtincha ishsiz yoshlar uchun “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi tashkil etildi

30.03.2018, 15:25

O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” tomonidan shahrixonlik vaqtincha ishsiz yoshlar uchun “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi tashkil etildi

Ayni kunlarda Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi “Shokirvoy” mahallasida “Obod qishloq” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar avj pallasiga ko‘tarildi. Xususan, O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi Yoshlar qanoti tashabbusi bilan loyiha doirasida “Sen ham faol yoshlar safidasan!” shiori ostida tumandagi 17-umumta’lim maktabida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi hamda vaqtincha band bo‘lmagan yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilishning innovatsion usullariga bag‘ishlangan seminar-trening mashg‘ulotlari fikrimizga yaqqol isbotdir. Seminarda tijorat banklari filiallari, tuman bandlikka ko‘maklashish markazi, Yoshlar ittifoqi tuman bo‘limi mutasaddilari hamda deputatlar ishtirok etdilar.

–Bo‘lib o‘tgan seminar ayni ko‘nglimdagi muammoga yechim topdi, – deydi Iskandar Kimsanov. – Temirchilik bilan shug‘ullanaman, faoliyatimni kengaytirib, hunarmandchilikka  vaqtincha ishsiz tengdoshlarimni ham jalb qilmoqchiman. Bu borada bugunning o‘zidayoq kredit olish masalasini hal qilishga yordam bergan “Yoshlar qanotiga rahmat!

Seminar-trening Iskandar kabi tadbirkorlika qiziquvchi yigit-qizlarning barcha savollariga batafsil javob bo‘ldi. Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasi doirasida tumanda yangi tashkil etilgan “ALS TEX” qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdilar.

–Korxonadagi shart-sharoitlar bilan tanishgan yoshlarimizning aksariyati shu joyga turli yo‘nalishlarda ishga joylashdilar, – deydi O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi Yoshlar qanoti yetakchi mutaxassisi Dilmurod Sobirov. – Masalan, Feruza Azimova partiyamiz faollaridan biri. Uning tikuvchilikka ishtiyoqi baland. Anchadan buyon mazkur yo‘nalishda ish boshlamoqchi bo‘lib yurgandi. Bugun uning qiziqishi mana shu korxonada aniq maqsadga aylandi. U endi “ALS TEX”da tikuvchi sifatida ishlaydi.

–Men ham o‘tgan 2017 yilda tumandagi “Iqtisodiyot” kollejini tamomlagandim, -deydi Inomiddin Mashrapov. – Birnecha joyga ish so‘rab bordim, biroq omadim chopmayapti. “Bo‘sh ish o‘rinlari” yarmarkasiga kelganimdan hursandman. Chunki ayni mana shu korxonada o‘z mutaxassisligim bo‘yicha ishga joylashdim.

Bo‘lib o‘tgan tadbir tumandagi vaqtincha ishsiz, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan hamda xorijga ish izlab ketayotgan yoshlar uchun zaruriy ko‘rsatma bo‘lib xizmat qildi.

Elyorbek AVULOV, 

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2227
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

мукаддас2018-09-10 08:44:49

ПАРТИЯда фаолият юргизмоқчиман яъни ишламоқчиман


Fikringizni qoldiring

+