O‘zLiDeP tashabbusi bilan shahrixonlik Ma’rufjon Ahmadjonov tadbirkorlik faoliyatini boshlaydi

30.03.2018, 16:24

O‘zLiDeP tashabbusi bilan shahrixonlik Ma’rufjon Ahmadjonov tadbirkorlik faoliyatini boshlaydi

“Shokirvoy” mahallasining Chorchaman ko‘chasi aholisi honadonlarida kamida 6 sotixdan iborat shaxsiy tomorqalari bor. Ular yerdan unumli foydalanish sirlarini yaxshi biladi. Biroq ayrim xonadonlarda bo‘lganimizda dilimizdan o‘tganlarini hatto tilimizga chiqarolmay xalak bo‘ldik. O‘zimiz guvohi bo‘lgan oddiy holatga to‘xtalmoqchiman.

Ma’rufjon Ahmadjonovning hovlisi ko‘zni quvnatadi. Sarishta, chinniday tozalangan. Ammo... 12 sotix shaxsiy tomorqa bo‘m-bo‘sh! “Tomorqa-qo‘shimcha daromad manbai ekanligi bot-bot takrorlanayotgan, bir qarich yerdan ham unumli foydalanishga chaqirilayotgan bir vaqtda bunday ko‘ngilxiralikdan, ochig‘i, og‘rindik. Xonadon sohibini tomorqadan samarali foydalanishga undadik. Fuqaroga biz bilan birga xonadonlarni “aylanishni” taklif qildik. Tashriflar chog‘ida uning fikri o‘zgarganini qiziqishlaridan sezdik. Demak, endi bo‘sh turgan 12 sotix tomorqaga ishlov beriladi, kelgusi safar tashrifga qadar ekin ekiladi.

–To‘g‘risi, shu paytga qadar bo‘sh turgan yerimdan foydalanish haqida o‘ylab ko‘rmagandim, – deydi xonadon sohibi. – Tomorqadan daromad olish to‘g‘risida hech kim menga tushuncha bermagandi. Bugun partiya ko‘magida yer bilan tillashishga qaror qildim. Mutasaddilarga rahmat!

12-uyda yashovchi Isroiljon Asqarovning 6 sotixlik tomorqasi ko‘ngilni yashnatadi. Barq urib turgan yashillik hosilga chog‘langan rezavorlar hamda karamning ko‘rkidan darak.

–Har yili qishu yoz tomorqamizga turli ekinlar ekamiz, – deydi oila sohibi. – Hosilidan olgan daromadimizni ro‘zg‘or tebratishdan ortib, uy-joy, to‘ylarga ham sarmoya qilamiz. Bir yilda tomorqa orqali kamida 9-10 million daromad ko‘ramiz.

Abror XONTO‘RAYEV,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash guruhi rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1559
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ғайрат Хожиев Янгиобод туман Кенгаши депутати2018-05-11 20:47:25

ЎзЛиДеП ҳам аҳолини тадбиркорликга жалб этиш бўйича катор ишларни амалга оширмоқда.


Fikringizni qoldiring

+