Deputat ko‘magida Raxima Bobojanova va Feruza Qurboniyozovalarning muammosi joyida hal etildi

30.03.2018, 16:57

Deputat ko‘magida Raxima Bobojanova va Feruza Qurboniyozovalarning muammosi joyida hal etildi

Joylardagi haqiqiy holatni o‘rganish, aholi dardu tashvishiga sherik bo‘lish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Q.Djumamuratova Xorazm viloyatining Urganch tumanida bo‘lib,  fuqarolar bilan uchrashdi.

Saylovchilar ishonchini qozongan deputatimiz dastlab tumandagi ta’lim muassasalari, tibbiyot birlashmalari, ishlab chiqarish korxonalari, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik subektlari, hududni obodonlashtirish ishlari ahvolini o‘rgandi.

Ta’kidlash kerak, bugun tumanda 95 ta ko‘p xonadonli uy-joylarda 1580 ta xonadon mavjud bo‘lib, ularga 5 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat ko‘rsatmoqda. Ayrim ko‘p xonadonli uylar shirkatlar tomonidan qamrab olinmagan. Shu bois ushbu holat yuzasidan xonadon egalariga amaldagi qonunchilikning mazmun-mohiyati hamda shirkatlar tashkil etishning afzalliklari tushuntirildi. Mazkur uy-joylar  atrofini obodonlashtirish masalasi tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganib chiqilib, deputat boshchiligida obodonlashtirish ishlari olib borildi.

“Yuqori-bog‘” qishlog‘i “Oq oltin” mahallasida yashovchi Raxima Bobojanova 2017 yilda og‘ir dardga chalinib, to‘shakka yotib qolgan. Deputat Urganch tumani Oq-oltin qishloq vrachlik punkti mudirasi G.Matchanova bilan birgalikda bemor holidan xabar olib, unga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Qoromon qishlog‘i Yuqorijirmiz mahallasida yashovchi Feruza Qurboniyozova 3 nafar farzandini yolg‘iz tarbiyalaydi. Shu bois uning yashash sharoitini yaxshilash va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda farzandlariga nafaqa pullari tayinlandi. Shuningdek, deputat ko‘magida F.Qurboniyozovaga tuman gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan gaz balloni  yetkazib berildi.

Umuman, uchrashuvlar davomida ko‘plab muammolar o‘rganildi, ayrimlari joyida hal qilindi, murakkab muammolar va o‘rganish talab qiladigan masalalar mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish orqali hal qilinishiga kelishib olindi.

G.ADAMBAYEVA,

O‘zLiDeP Urganch tuman

Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1471
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+