Karmana tumanida 35 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qiz boshlang‘ich to‘lovsiz imtiyozli uy-joylar bilan ta’minlanadi

31.03.2018, 12:07

Karmana tumanida 35 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qiz boshlang‘ich to‘lovsiz imtiyozli uy-joylar bilan ta’minlanadi

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi “Ayollar qanoti”  tashabbusi bilan “O‘z bolangni o‘zing asra” shiori ostida “Qat’iy hayotiy qarashlar va o‘z pozitsiyasiga ega bo‘lgan insonni to‘g‘ri yo‘ldan qaytarib bo‘lmas” mavzuida tashkil etilgan tadbir Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosiga bag‘ishlandi.

Tadbirda mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Karmana tumanida 35 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qiz boshlang‘ich to‘lovsiz imtiyozli uy-joylar bilan ta’minlanishi uchun davlat dasturiga kiritilgani ta’kidlandi.

– Bugungi tadbir xotin-qizlar orasida sodir etilayotgan jijonyatlar va oilaviy ajrimlarni oldini olish, ishsiz ayollarni ish bilan ta’minlash maqsadida tashkil etildi, – deydi tuman “Bandlikka ko‘maklashish” markazi direktori M. Sharipova. – Ayni chog‘da “Baxt tekstil” korxonasida 500 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lib, shundan 150 ta ish o‘rni xotin-qizlar uchun yaratilgan. “Mir tekstil” trikotaj mahsuloti ishlab chiqaruvchi korxonada esa 50 ta bo‘sh ishchi o‘rni mavjud. Shu bois, tadbir davomida ish so‘rab murojaat qilgan xotin-qizlarni mazkur korxonalarga ishga joylashtirdik.

                                                                  O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1304
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+