“Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish” guruhi hazorasplik N.Masharipovaga maktabga tayyorlov kursini ochishga ko‘maklashdi

31.03.2018, 12:11

“Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish” guruhi hazorasplik N.Masharipovaga maktabga tayyorlov kursini ochishga ko‘maklashdi

Bugun O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi qoshida tashkil etilgan “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish” guruhi faoliyatidan ko‘pchilik hursand. Chunki, ayni chog‘da guruh a’zolari tomonidan tadbirkor ayollarlarimiz faoliyatida uchrayotgan ko‘plab muammolarga ijobiy yechim topilayotir. 

Jumladan, yaqinda Urganch shahridagi Qurilish kasb-hunar kolleji bitiruvchisi Lola Rajabovaning ushbu guruhga ish so‘rab qilgan murojaati guruh a’zolari tomonidan o‘rganib chiqilib, partiya viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” ko‘magi bilan “Gulnora atele mod” xususiy korxonasiga ishga joylashtirildi.

Hazorasp tumanidan Zulxumor Aminovaning tikuvchilik sexi tashkil etish uchun 7 foizli kredit olishda yordam so‘rab qilgan murojaati ham guruh a’zolari va mahalliy kengash deputatlari tomonidan hal etildi. Hozir Z.Aminova tikuvchilik tsehi ochib, tadbirkorlik faoliyatini boshlash arafasida.

 –Ko‘p yillardan buyon o‘z mutaxassisligim bo‘yicha 5-7 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov kursini ochish maqsadida tegishli tashkilotlarga murojaat qilaman, ammo hozirga qadar muammo hal etilgani yo‘q, – deydi N.Masharipova. –Shu masalada “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish guruhi”ga murojaat qilgan edim. Guruh a’zolariga rahmat! Ularning tashabbusi bilan viloyat kerakli hujjatlarni MTM boshqarmasiga taqdim qilib, ulardan o‘quv kursini tashkil etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar oldim. Yaqin orada bolajonlarga zamonaviy ta’lim-tarbiya berishdek orzuim amalga oshishiga ishonaman.   

Ha, bugun ushbu guruh muammolarga yechim topishga ko‘maklashish bilan bir qatorda guruhning faol tadbirkor ayollari uchun o‘zaro fikr almashish maydoniga ham aylanib ulgurdi.

 Musharraf RAHIMOVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Ayollar bilan ishlash bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1479
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Сафаров Фаррух Қарши шахар 2018-04-30 14:19:55

“Тадбиркор аёллар муаммоларини ўрганиш” гуруҳи фаолиятидан кўпчилик ҳурсанд албатта ишларингизга омад


Fikringizni qoldiring

+