ATB “Qishloq qurilish bank” Yangiobod filiali tomonidan ajratilgan kredit hisobiga 849 nafar fuqaro tadbirkorlik faoliyatini boshladi

31.03.2018, 13:17

ATB “Qishloq qurilish bank” Yangiobod filiali tomonidan ajratilgan  kredit hisobiga  849 nafar fuqaro tadbirkorlik faoliyatini boshladi

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda deputatlar ATB Qishloq qurilish bank Yangiobod tuman filiali boshqaruvchisi Umid Barakayevning hisobotini tingladi.  

Hisobotda ta’kidlanganidek, ATB Qishloq qurilish bank Yangiobod tuman filiali tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida tumandagi 9, ya’ni “Balandchaqir” MFYda 579, “Shodlik” MFYda 326, “Do‘stlik”  MFYda 447, “Yuqori Sarmich” MFYda 506, “Pastki Sarmich” MFYda 496ta, “Sovot” QFYda 486, Xavotog‘ QFYda 539, Xo‘jamushkent QFYda 365, Yangiobod ShFYlarda 870, jami 4614 ta xonadonga 17 ta bank xodimi biriktirildi.

–Shuningdek, o‘rganishlar davomida 914 ta xonadon egasining bankdan kredit olib tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagi borligi aniqlandi, – deydi U.Barakayev. –Bundan tashqari, oddiy aholini tadbirkorlikga jalb etish maqsadida asalarichilik yo‘nalishida 20 nafar fuqaroga 187.0 mln, bog‘dorchilik yo‘nalishida 2 fuqaroga 17.5 mln, issiqxona qurish uchun 14 fuqaroga 83.0 mln, parrandachilikni rivojlantirish uchun 162 nafar fuqaroga 499.9 mln, chorvachilikni  rivojlantirish uchun 601 fuqaroga 3795.9 mln, tikuvchilikni rivojlantirish uchun 2 fuqaroga 20.0 mln so‘m hamda 48 nafar fuqaroga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga 3912.1 mln so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan partiya deputatlik guruhining tegishli qarori qabul qilindi.

Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP  Jizzax  viloyat  Kengashi

                                                                      matbuot xizmati kotibi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1552
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ЯНГИОБОД ТУМАН КЕНГАШИ ДЕПУТАТИ Э.ЁРБЕКОВ2018-05-04 20:33:38

БАНК ТОМОНИДАН АЖРАТИЛГАН УШБУ КРЕДИТЛАР ҲИСОБИГА ТУМАНДА ЧОРВАЧИЛИК, БОҒДОРЧИЛИК, ПАРРАНДАЧИЛИКНИ ЯНАДА РИВОЖЛАНИШИГА ЭРИШИЛДИ.


Fikringizni qoldiring

+