“Bakanshakli” OFYdagi sayyor qabulda qishloq vrachlik punkti tashkil qilish taklifi bildirildi

31.03.2018, 13:38

“Bakanshakli” OFYdagi sayyor qabulda qishloq vrachlik punkti tashkil qilish taklifi bildirildi

Xalq deputatlari Nukus tuman Kengashi deputatlik guruhi a’zosi S.Jaqsimov  ishtirokida “Bakanshakli” OFY hududidagi aholi ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Ushrachuv davomida  “Baqanshakli” OFY aholisi tomonidan 30ga yaqin murojaatlar bildirildi. Xususan, ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi aholi sonini hisobga olgan holda qishloq vrachlik punktini tashkil qilish taklifi bildirildi.  Hududdagi o‘quvchilar maktabga katnaydigan serqatnov ko‘chani asfalt qilish hamda 26-sonli maktabining sport zali yaroqsiz holda ekanligini hisobga olib uning o‘rniga yangisini qurish borasida aholidan murojaatlar bildirildi.

Muammolar qatorida yangidan bunyod etilgan ovullarda gaz, elektr energiyasi va suv tanqisligi ham borligi deputat nazoratiga olindi.

Uchrashuvda bildirilgan murojaatlar yuzasidan xalq vakili bo‘lgan S.Jaqsimov tomonidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuboriladigan bo‘ldi.

 O‘zLiDeP Qoraqalpog‘istone Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1790
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+