Prezidentimiz tashrifi jizzaxlik tadbirkor va ishbilarmonlarni yangi marralar sari ruhlantirdi

31.03.2018, 15:42

Prezidentimiz tashrifi jizzaxlik tadbirkor va ishbilarmonlarni yangi marralar sari ruhlantirdi

Farhod ODILOV, Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, “Odil Farhod” xususiy korxonasi rahbari:

Prezidentimizning joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan izchil islohotlar, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida Jizzax viloyatiga qilgan tashriflari biz tadbirkor va ishbilarmonlarni yangi marralar sari ruhlantirdi.

Sababi, hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor tufayli ko‘plab yirik loyihalar olis tumanlarda ham amalga oshirilmoqda. Jumladan, Forish tumanining Egizbuloq qishlog‘ida Buyuk Britaniyaning “Leigh Barrier LLP” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Mega invest industrial” MChJ shaklidagi kompozit armaturalar ishlab chiqarish zavodi, G‘allaorol tumanidagi “Marjon global” dorivor giyohlarni qayta ishlash, Zomin tumanida “Zomin-Farm” erkin iqtisodiy zonasi tarkibidagi korxonalar viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotir. 

Davlatimiz rahbari tashrifi davomida qator loyihalarning amalga oshirilishi, avvalgi tashrifda berilgan topshiriqlar ijrosining har birini to‘liq ko‘zdan kechirdilar. Xususan, Jizzax shahridagi sobiq to‘qimachilik kombinatining bo‘sh turgan binolari negizida zamonaviy to‘qimachilik majmuasi barpo etish, “Jizzax”, “Zomin-farm” erkin iqtisodiy zonalarida 2018-2019 yillar uchun rejalashtirilgan investitsiya, shuningdek, viloyatda yengil sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdilar.

Viloyatimizda amalga oshirilayotgan bu kabi sa’y-harakatlarning barchasi  aholimiz turmush farovonligini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ishlarda albatta ham partiya faoli, ham tadbirkor sifatida viloyatimiz iqtisodiyotini yanada yuksaltirishda, yangi ish o‘rinlari yaratishda faol bo‘lamiz.

Elyor TO‘RAQULOV, Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi “Jizzaxplastmassa” AJ boshqaruv raisi:

Prezidentimiz Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘ida ham bo‘ldi. “Obod qishloq” dasturining amalga oshirilishi chekka hududlarda yashayotgan millionlab yurtdoshlarimiz hayotini yaxshilashga, ularga munosib turmush tarzi yaratishga qaratilgan dolzarb vazifa ekani ta’kidlandi. Manas qishlog‘i mamlakatimizda boshlangan “Obod qishloq” dasturini tatbiq etishda namuna sifatida tarixda qoldi. 

O‘tgan asrning 60-yillarida viloyatning eng chekka hududida barpo etilgan Manas qishlog‘ida bugungi kunda 6,5 mingdan ziyod aholi yashaydi. Keyingi yillarda infratuzilma inshootlari, ko‘cha va yo‘llar, ichimlik suvi, issiqlik, elektr energiyasi ta’minoti, madaniy-mashiy xizmat ko‘rsatish talabga javob bermasligi natijasida odamlar ancha qiynalayotgan edi.

“Obod qishloq” dasturi asosida bu yerda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan qisqa muddatda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Dastur doirasida bu yerda qilingan ishlarning barchasidan ko‘zlangan asosiy maqsad ham aholining yaxshi turmush farovon kechirishi, barcha qatori yaxshi sharoitlarda yashash kerakligi ustuvor vazifa sifatida beligilab olingan.

Albatta, Manasda amalga oshirilgan ishlarda O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi faollari, deputatlar ham o‘z hissalarini qo‘shishdi. Biz partiya faollari Prezidentimizning “Obod qishloq” dasturini boshqa tumanlarda ham targ‘ib qilishda, faol ishtirok etishda astoydil harakat qilamiz.

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1704
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+