Quyi bo‘g‘in yetakchisi ishonchni yana oqladi
02.04.2018, 09:11

O‘zLiDeP Bekobod shahar Kengashi tarkibidagi “O‘zmetkombinat” AJda faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda quyi bo‘g‘in yetakchisi Davlat Xolmurodovning 2017 yildagi ish faoliyati yuzasidan hisoboti tinglandi.
Yig‘ilishda BPT faoliyatini kuchaytirish, deputatlar bilan quyi bo‘g‘in hamkorligida olib boriladigan ishlarda aniq natijalarga erishish, partiya a’zolari safini kengaytirish va boshqa bir qator dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
–Boshlang‘ich partiya tashkilotimiz 2016 yilda etilgan bo‘lib, hozirda o‘z safiga 250 nafardan ortiq a’zolarni jipslashtirgan, – deydi quyi bo‘g‘in yetakchisi D. Xolmurodov. –E’tiborlisi, ularning ko‘pchiligini siyosiy jihatdan yetuk, joylardagi mavjud yechimini kutayotgan muammolardan xabardor, elektorat bilan bevosita ishlashga qodir a’zolarimiz tashkil etadi. Buni o‘tgan davr mobaynida BPT tomonidan elektorat manfaatlarini himoya qilish, ularni o‘ylantirib kelayotgan muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy ishlar samarasidan ham bilish qiyin emas.
Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, ko‘pchilikning ovozi bilan mazkur tashkilot BPT yetakchisiga qayta ishonch bildirildi.
O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Izboskanda BPTlar faoliyati samaradorligi qanday?
16.09.2020, 17:15
-
Andijon tumanida BPTlar faoliyati o‘rganildi
15.09.2020, 17:04
-
O‘zLiDeP sayyor qabulida quvalik ehtiyojmand oilaning muammosi hal etildi
08.09.2020, 17:00
-
O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan BPTlar faoliyati o‘rganilmoqda
07.09.2020, 14:50
-
“Premium capital group” MChJda O'zLiDePning boshlang‘ich tashkiloti ochildi
04.09.2020, 15:45
Fikringizni qoldiring