Navoiyda 60 nafar yoshlar doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi

02.04.2018, 11:34

Navoiyda 60 nafar yoshlar doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi

Navoiy shahridagi “Zarafshon ovozi” MChJga qarashli “Tinchlik” qo‘rg‘onida ish boshlagan to‘quv fabrikasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘z olganlar vohada yengil sanoat taraqqiyotida olib borilayotgan  sa’y-harakatlar xususida to‘xtalishdi.   

– Qariyb 10 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan korxona viloyat iqtisodiyoti rivojida muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi “Zarafshon ovozi” MChJ bosh direktori, O‘zLiDeP faoli Ulug‘bek Fayziyev. – Chunki Xitoy va Turkiya davlatlaridan eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy dastgohlar keltirib o‘rnatilgan korxonada viloyatning paxtasi qayta ishlanadi. Shu sababli dunyoning yetakchi korxonalaridan malakali mutaxassislarni jalb etib, mahorat darslari o‘tkazishni rejalashtiryapmiz.

Darvoqe, tinim-tinchimas tadbirkorimiz yana bir ezgu ishga qo‘l urgan. Yaqinda u “Tinchlik” qo‘rg‘onida temir-beton, Karmana tumanidagi “Bog‘ishamol” mahallasi hududida ohak ishlab chiqarish zavodini ishga tushirdi. Eng muhimi, bu ikki korxona faoliyat boshlashi bilan 60 nafarga yaqin yoshlar doimiy ish o‘rniga ega bo‘lishdi.

O‘zLiDeP Navoiy viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1496
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+