Yetakchi o‘z lavozimida qoldi

02.04.2018, 17:15

Yetakchi o‘z lavozimida qoldi

Chimboy tumanidagi “Chimolgazta’minot” tumanlararo bo‘limi qoshida faoliyat yuritayotgan boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda partiya safiga yangi a’zolarni jalb qilish, quyi bo‘g‘inning ish samaradorligini oshirish hamda a’zolarning sifat tarkibini yaxshilash lozimligi alohida ta’kidlandi.

–Partiyamiz o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, bugun odamlar orasiga chuqur kirib borishga intilmoqda, – deydi  BPT bilan  ishlash guruhi rahbari B.Tanirbergenov. – Bu ishni amalga oshirishda joylarda tuzulgan qo‘yi bo‘g‘inlarning faolligi o‘ta muhim hisoblanadi. Hozirda 24ta a’zosi bilan partiyaning g‘oyalarini aholiga yetkazishda va ularning muammolarining o‘rganib, ijobiy hal qilishda bizga ko‘makdosh bo‘lgan qo‘yi bo‘g‘inning faoliyati bizni qoniqtirdi.

Yig‘ilishda shuningdek, qo‘yi bug‘inning o‘tgan yilda amalga oshirgan ishlari sarhisob qilinib, 2018 yilda amalga oshiriladigan ishlar tasdiqlab olindi.

Yig‘ilish  so‘nggida  BPT faoliyati qoniqarli deb topildi va Azamat Qudaybergenov BPT raisligiga qayta saylandi.

B.Ganiyev,

O‘zLiDeP Chimboy tuman

Kengashi apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1476
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+