“Mushtariy Oqdaryo”da 430 o‘rinli tikuvchilik va to‘quvchilik sexi tashkil qilinadi

02.04.2018, 17:55

“Mushtariy Oqdaryo”da 430 o‘rinli tikuvchilik va to‘quvchilik sexi tashkil qilinadi

O‘zLiDeP Oqdaryo tuman Kengashi "Ayollar qanoti" tomonidan “Mushtariy Oqdaryo” mas’uliyati cheklangan jamiyatida “Qulay biznes muhit – tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishning muhim omili”  mavzusida amaliy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda partiya viloyat va tuman Kengashi xodimlari, korxona ishchilari, partiya loyihalarida ishtirok etib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorlar ishtirok etdi.

– Prezidentimizning korxonamizga tashrifi bizni yanada ruhlantirdi, – deydi korxona rahbari Burhon Primov. – Hozirgi kunda bu yerda 450 nafar aholi ish bilan ta’minlangan. Korxonamiz faoliyatini yanada kengaytirish hamda tumanimizdagi ishsiz yoshlar va ayollarni doimiy ish bilan ta’minlash maqsadida yana 430 o‘rinli tikuvchilik va to‘quvchilik sexini tashkil qilishni rejalashtirganmiz.   

Ta’kidlash joiz, asosan xotin-qizlardan iborat mazkur korxonada turli xildagi tikuv-trikotaj kiyimlari ishlab chiqariladi. Mahsulotlar MDH davlatlariga eksport qilinmoqda.

Uchrashuv yakunida 11 nafar xotin-qiz partiyaga a’zo qilinib, korxona qoshida quyi bo‘g‘in tashkil etildi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    3455
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+