Pastdarg‘omliklar 1,5 sotix yerdan 10 million daromad mo‘ljallayapti

02.04.2018, 18:46

Pastdarg‘omliklar 1,5 sotix yerdan 10 million daromad mo‘ljallayapti

Yaqinda O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi faollari aholi  xonadonlarida bo‘lib, tomorqadan samarali foydalanayotgan yurtdoshlarimiz bilan muloqot o‘tkazyapti.

–O‘z tomorqasidan foydalanishda qiyinchilik sezayotgan xonadon egalariga yerni ekishga tayyorlash, sabzavot urug‘i va ko‘chatlarini yetkazib berish, sabzavotlarini parvarishlashda yaqindan ko‘mak berib kelyapmiz, – deydi mahalla raisi, Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi Diyor Umerov. – Ayni chog‘da tomorqadan namunali foydalanib kelayotgan xonadon egalari tajribalarini ommalashtirish, ko‘rgazmali seminarlar tashkil etish mahallada an’anaga aylangan.    

– Tomorqamiz 8 sotixdan iborat bo‘lib, 3 sotix maydonda 2 ta issiqxona tashkil qilganmiz, – deydi Asqar Xamrayev. – Har yili 3 marotaba sabzavot va ko‘kat ekib, yaxshi daromad olyapmiz. Ayni paytda 1,5 sotix maydondagi bitta issiqxonada 750 dona pomidor ko‘chatini parvarish qilyapmiz. Kelajakda shu bir yarim sotixlik issikxonada yetishtirilgan pomidor hosilidan 10 mln.so‘mdan ortiq daromad olmoqchimiz.  

Tadbirda bu kabi amaliy muloqotlarni viloyatning boshqa tumanlarida ham o‘tkazishga kelishib olindi.

  O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    2369
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Soatova Dilobar2020-07-05 11:39:48

Bu faoliyatni men ham uz xonadonimda yulgsa kuymokciman lekin menda mablagʻ yoʻq bu masalada partiya yoki bank qay darajada kumaklashadi


Rashidxon2018-06-06 11:52:26

bu faoliyatni men xam o'z xonadonimda yo'lga qo'ymoqchiman lekin menda mablag' yo'q.Bu masalada partiya yoki bank qay darajada ko'maklasha oladi


Fikringizni qoldiring

+