O‘zLiDeP eng faol va zukko ayollarni taqdirladi

02.04.2018, 18:50

O‘zLiDeP eng faol va zukko ayollarni taqdirladi

O‘zLiDeP Qo‘ng‘irot tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan tumandagi “Talliq” MFYdagi BPTda xotin-qizlar o‘rtasida “Orasta qizlar” shiori ostida tanlov tashkil etildi.

Tanlovda xotin-qizlar siyosat, ta’lim, madaniyat, fan va sport sohalarida  o‘zora bellashdi.

– “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan bunday tanlovlar xotin-qizlarni bir-birlari bilan tajriba almashishga, mahorat va qobiliyatini ruyobga chiqarishda turtki bo‘ladi, –  deydi Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zosi Z.Seydullayeva. – O‘ziga xos qiziqarli shartlarni o‘zida aks etgan tanlovda mahalla xotin-qizlari milliy qadriyatlarimizni an’analarimizni aks ettiruvchi milliy kiyimlarda o‘zlarining bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

Belgilangan shartlar bo‘yicha qizlar orasidan eng chaqqon va zukkolari tanlab olinib ularga O‘zLiDePning esdalik sovg‘alari topshirildi.

                                                                       Z.ASEMOVA,

O‘zLiDeP Qo‘ng‘irot

 tuman kengashi xodimi

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1560
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+