“Yashnobod” innovatsiya texnoparkida 207 ta yangi ish o‘rni yaratiladi

03.04.2018, 12:50

“Yashnobod” innovatsiya texnoparkida 207 ta yangi ish o‘rni yaratiladi

Xalq deputatlari Toshkent shahar hamda Yashnobod tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar va Yashnobod tuman hokimligi mas’ul vakillari hamda Innovatsiya texnoparki a’zolari ishtirok etdi. 

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Toshkent shahar hamda Yashnobod tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari Prezidentimizning 2017 yil 5 iyundagi “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi holati yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobotini eshitdi.  

Ta’kidlanganidek, mazkur farmon hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 iyuldagi “Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi innovatsiya texnoparki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “Yashnobod” innovatsiya texnoparki tashkil etilgan. Shu bilan birga, mazkur texnoparkka Yangiobod ixtisoslashtirilgan bozorining 7.5 gektar yeri va ishlab chiqarish maydoni ajratilgan.

Texnopark mutasaddilarining aytishicha, hozirda “Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidenti maqomini olish uchun, ko‘p funksiyali onlayn kassa apparatlarini ishlab chiqarish («My Air Group» MChJ) va 3D printerlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish («Greencode» MChJ)) loyiha tashabbuskorlarga rezidentlik maqomini belgilovchi tegishli guvohnomalar topshirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 iyuldagi 468-sonli qarorida belgilangan 21ta loyiha taqdimoti o‘tkazildi va “Yashnobod” innovatsiya texnoparki rezidenti maqomini olish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda. Eng muhimi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 30dan ortiq innovatsion loyihalar bo‘yicha takliflar kelib tushgan va bu borada muayyan ishlar olib borilayotir.

Ta’kidlash kerak, yuqorida qayd etilgan loyihalarni amalga oshirish maqsadida 7156,6 ming AQSh doll. investitsiyalar jalb qilinishi kutilmoqda. Shundan 5983,2 ming AQSh doll. tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan, 556 ming AQSh doll. bank kreditlari va 617,4 ming AQSh doll.  sarmoyadorlar va buyurtmachilar mablag‘lari hisobidandir. E’tiborli jihati shundaki, mazkur loyihalarni yo‘lga qo‘yish natijasida 207 doimiy ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan Xalq deputatlari Toshkent shahar Yashnobod tuman Kengashi deputatlik guruhlarining tegishli qarori qabul qilindi.

 

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1600
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Яшнобод БПТ2018-04-30 16:50:56

Ҳақиқий жонкуяр депутатлар Яшнобода айниқса Ё.Зокиров энг намунали депутат !


Fikringizni qoldiring

+