O‘zLiDeP sayyor qabulida B.Jo‘raboy ko‘chasidagi elektr energiyasini yetkazib berishdagi uzilishlar masalasi muhokama qilindi

03.04.2018, 19:48

O‘zLiDeP sayyor qabulida B.Jo‘raboy ko‘chasidagi elektr energiyasini yetkazib berishdagi uzilishlar masalasi muhokama qilindi

O‘zLiDeP Nurota tuman Kengashi tashabbusi bilan “Nurfaxr” MFYda sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida mahallaning “Toshkent” ko‘chasida istiqomat qiluvchi Akmal Hojiyev ko‘chalarning ta’mirtalabligi, kuz-qish mavsumidagi yog‘ingarchiliklar aholiga qiyinchilik tug‘dirayotganini ta’kidlab yo‘llarni ta’mirlashda mutasaddilar yordam so‘radi. Ushbu murojaat yuzasidan tuman “Obodonlashtirish boshqarmasi” boshlig‘i R.Avulov “Nurfaxr” MFYga dastur asosida 2,5 km shag‘al yo‘l qoplamasi joriy yilning II-choragi davomida amalga oshirilishini ma’lum qildi.

“Nurfaxr” MFY “Toshim Bozorov” ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Tohir Gadoyev pensiyaga 2 yil qolganligini inobatga olib, ish bilan ta’minlashda amaliy yordam so‘radi. Mazkur murojaat yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Zokirov mutasaddi idoralarga deputatlik so‘rovi yuborishini bildirdi.

– B.Jo‘raboy ko‘chasidagi elektr kuchlanishi pasayib ketgan, – deydi mahalla ahli vakillari nomidan so‘z olgan Baxtiyor Abdiyev. – Bu esa elektr yetkazib berishda uzilishlarga olib kelmoqda. Mutasaddilardan ana shu muammoga jiddiy e’tibor qaratishlarini so‘raymiz. 

Mazkur masala “Nurota elektr tarmoqlari” korxonasi boshlig‘i X.Yo‘ldoshev tomonidan nazoratga olindi.

Sayyor uchrashuv so‘ngida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlariga yuqoridagi kamchiliklar yuzasidan berilgan topshiriqlarni nazorat qilish, deputatlik vakolatidan kelib chiqib, ularga amaliy yordam berishga kelishib olindi.

 B.BOBOMUROTOV,

O‘zLiDeP Nurota tuman

Kengashi  apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1400
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+